• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 9 » O‘zbek so‘mi avgust oyida 1,4 foizga mustahkamlandi
23:21
O‘zbek so‘mi avgust oyida 1,4 foizga mustahkamlandi

O‘zbekistonda so‘m 2022-yilning avgust oyida o‘tgan oyga nisbatan o‘suvchi dinamika qayd etib, 1,4 foizga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi. 

Iyul oyida so‘m 2,1 foizga mustahkamlangan edi. Avgust oyida real samarali almashuv kursining qadri oshishiga asosan savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining yuqori sur’atlarda qadrsizlanishi va ichki inflyatsiya ta’siri sabab bo‘ldi. 

So‘mni oshiruvchi omillar sifatida savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslari o‘zgarishi — 1,4 foiz bandga, ichki inflyatsiya — 0,5 foiz bandga ta’sir etgan bo‘lsa, pasaytiruvchi omil bo‘lib savdo-hamkor davlatlar inflyatsiyasi — 0,5 foiz bandni tashkil etgani sabab bo‘lgan.

Asosiy savdo-hamkor davlatlarning valyutalari kurslari avgust oyida dollarga nisbatan quyidagicha dinamika ko‘rsatdi: 

Rossiya rubli avgust oyida 2,3 foizga qadrsizlandi. Bunday qadrsizlanishga iqtisodiy sanksiyalar va neft narxi pasayishi fonida energiya mahsulotlari eksportidan olinadigan daromadlar kamayib borishi bilan izohlanadi. 

Rossiya Markaziy banki 22-iyul kuni asosiy foiz stavkasini 9,5 foizdan 8 foizgacha pasaytirdi.  

Qozog‘iston tengesi avgust oyida 0,3 foizga mustahkamlandi. Bunda mazkur oyda davomida yirik kompaniyalar tomonidan soliqlar to‘lanishi tenge kursini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi.  

Avgust oyida ham turk lirasining yuqori sur’atlarda qadrsizlanishi (3,3 foizga) davom etdi. Mamlakatda kuzatilayotgan yuqori inflyatsiyaga qaramasdan Turkiya Markaziy banki tomonidan foiz stavkasining pasaytirilishi, yuqori inflyatsion bosimlar hamda 4 makroiqtisodiy beqarorlik liraning qadrsizlanishi davom etishiga sabab bo‘ldi.  

Xitoy bankining iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rag‘batlantiruvchi pul-kredit siyosati olib borayotganligi hamda dollar indeksining mustahkamlanishi yuan kursiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 

Buning oqibatida yuan kursi avgust oyida o‘tgan oyga nisbatan 1 foizga qadrsizlandi (bir dollar 6,73 yuandan 6,8 yuanga). 

2022-yil avgust oyida asosiy savdo-hamkor davlatlarning deyarli barchasida (Rossiyadan tashqari) yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari oshishi kuzatildi. 

Jumladan: Rossiyada oylik narxlar pasayishi davom etib, -0,5 foizni (yillik inflyatsiya 14,3 foizni) tashkil etdi. 

Narxlarning oylik dinamikasi pasayishi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning sustligi bilan izohlash mumkin.  

Qozog‘istonda oylik inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etib, yillik hisobda 16,1 foizgacha tezlashdi. Avgust oyida inflyatsiyaning oshishiga oziq-ovqat mahsulotlari yillik 20,8 foizga (iyulda 19,7 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari yillik 15,5 foizga (iyulda 14,2 foiz) hamda xizmatlar 10,1 foizga (iyulda 9,2 foiz) hissa qo‘shdi.  

Turkiyada oylik inflyatsiya 1,46 foizni tashkil etdi, yillik hisobda 80,2 foizgacha o‘sdi. Narxlar o‘sishiga asosan, energiya mahsulotlari hamda import tovarlarining qimmatlashishi bilan izohlanadi. 

Shuningdek, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi oylik hisobda 2,4 foizga o‘sib, yillik 143,8 foizga yetdi. Bu kelgusi oylarda ham inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lishini anglatadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:274 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930