• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 1 » O‘zbek futboli yulduzlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga borishdi
16:03
O‘zbek futboli yulduzlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga borishdi

Bugun, 1 may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mini-futbol bo‘yicha "Talabalar kubogi-2018” musobaqasining hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
 
Mazkur sport bayramida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. MOQ rahbari final uchrashuvini ochib berish oldidan universitetning sport maydonchasi, umuman, ushbu ilm dargohida yo‘lga qo‘yilgan sport tizimi bilan tanishdi.
 
Final uchrashuvida o‘zbek futboli afsonalari, XII Osiyo o‘yinlari chempionlari Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimov, shuningdek, Milliy terma jamoa futbolchilari Marat Bikmayev va Sardor Rashidov, Xitoyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblari ham ishtirok etib, tadbirning yanada qiziqarli ko‘rinish olishiga yordam berishdi.
 
Tadbirni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyevlar ochib berishdi.
 
"Hurmatli talabalar, ustoz va murabbiylar. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida futbol musobaqasi start olayotganida juda xursand bo‘lgandik. Sportimiz rivoji yo‘lida har bir bo‘g‘in – bog‘cha, maktab, kollej va universitetlarga alohida e'tibor qaratiladi. Mana, Superliga bahslarini epaqayga keltirdik, O‘zbekiston kubogi bahslarini o‘tkazishda Angliya futbol tizimidan andoza oldik, endi talabalar sporti yo‘nalishi bo‘yicha ham kerakli ishlar olib boramiz. Tashkil etilgan ushbu sport bayramini ko‘rib mamnun bo‘ldim. Barcha-barchaga rahmat aytaman”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
Tadbirda o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari Tohir Sodiqov, Zohirshoh Jo‘rayev, "Bojalar” guruhi xonandalari chiqishlari bilan tomoshabinlar ko‘nglini hushnud etdi.
 
Universitetning "Korporativ boshqaruv” hamda "Bank ishi” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan final bahsini FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib bordi.
 
O‘yinni "Korporativ boshqaruv” jamoasi futbolchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh mukofotini qo‘lga kiritdilar.
 
Final o‘yini yakunlangach, musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni”, "Eng yaxshi himoyachisi”, "Eng yaxshi to‘purari”, "Eng yaxshi o‘yinchisi”, "Eng yaxshi ishqibozlar guruhi” kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi va ularga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
Musobaqani kuchli uchlikda yakunlagan jamoa a'zolariga medal, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Turnir chempioni esa maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1075 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь