• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 29
Гостей: 29
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Sentyabr » 14 » O‘FFning yangi prezidenti Umid Ahmadjonov aslida kim?
18:46
O‘FFning yangi prezidenti Umid Ahmadjonov aslida kim?

Joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining hisobot va saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgani va unda O‘FFga yangi prezident — Umid Ahmadjonov bir ovozdan saylangani haqida xabar bergandik.
 
Ijozatingiz bilan O‘zbekiston futbolini yuqoriga ko‘tarishga va'da bergan Umid Ahmadjanov Mahamadjonovichning tarjimai holi bilan tanishtirib o‘tamiz.
 
Umid Ahmadjanov Mahamadjonovich 1977 yil 16 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
 
Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli asosda tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi deputati.
 
Mehnat faoliyatini 1995 yilda "Zenit” firmasida ishchi sifatida boshlagan. 1995–2001 yillarda "Ilmu Ziyod” xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida ishchi hamda operator vazifalarida, shuningdek, Olimpiya aksionerlik jamiyatida avtosanoat bo‘limi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
 
Ushbu yillardagi mehnat faoliyati davomidagi ishbilarmonligi hamda tashabbuskorligi, tashkiliy ishlar hamda boshqaruv sohasidagi bilim va tajribalari evaziga 2002 yilda O‘zbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.
 
2007 yilga kelib, dastlab O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiyatsiyasi bosh kotibi hamda raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
 
Ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan birgalikda Umid Ahmadjanov 2007 yildan e'tiboran O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritdi.
 
Umid Ahmadjanov ushbu tashkilotlardagi faoliyati davomida mamlakatda sport sohasining rivojlanishiga, shu jumladan, paralimpiya sportining rivojlanishida, mamlakat paralimpiyachilarining jahon arenalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ulkan hissa qo‘shdi.
 
Aynan uning Paralimpiya assotsiyatsiyasidagi faoliyati natijasida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Paralimpiada o‘yinlarida tarixiy natijalarini qayd etdi.
 
Ushbu Paralimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 31 ta, shulardan 6 ta oltin, 8 ta kumush hamda 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sporti tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
 
Umid Ahmadjanov olimpiya sport turlarining rivojlanishida, mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarida samarali mehnat qildi.
 
Uning sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari boshqaruvi tizimidagi bir necha yillik mehnati va faoliyati davomida sportchilarga zarur sharoitlarni yaratish ishlariga katta e'tibor berildi.
 
U sport, ayniqsa, olimpiya hamda paralimpiya sport turlarining infratuzilmasini yaxshilashda bevosita ishtirok etdi.
 
Umid Ahmadjanovning sport federatsiyalari va assotsiatsiyalaridagi ko‘p yillik faoliyati va mehnati hukumat va jamoatchilik e'tiborini qozondi.
 
Umid Ahmadjanov oilali, uch o‘g‘il va bir qizi bor.
 
Umid Ahmadjonov mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi, shuningdek, sport sohasini rivojlantirish va uni dunyoga tanitishdagi samarali mehnati, mamlakat sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shgani uchun "Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
 
Umid Mahamatjanovich Ahmadjanov 2017 yilning 12 sentyabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti etib saylandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2633 | Добавил: Admin | Теги: O‘FFning yangi prezidenti Umid Ahma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930