• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Notariuslar va FXDYOlar qanday tartibda ish yuritadi? So‘z Adliya vazirligiga
18:46
Notariuslar va FXDYOlar qanday tartibda ish yuritadi? So‘z Adliya vazirligiga

Karantin vaqtida FXDYO va Notariuslar faoliyati elektron tarzda amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, karantin choralari sabab ertaga, 25 martdan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi idoralar quyidagi tartibda ish faoliyatiga o‘tadi: 

•  Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari elektron shaklda my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda va faqat kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina idoralarda amalga oshiriladi;

•  FHDYO bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina (tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshiriladi;

•  Notariuslarga murojaat qilish faqat kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat yuzaga kelganda (birinchi navbatda vasiyatnoma, ishonchnoma, garov, ipoteka bo‘yicha) e-notarius.uz sayti orqali tegishli notariusga hujjatlarni oldindan elektron shaklda taqdim etish va elektron navbatga yozilish orqali amalga oshiriladi.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi  "fuqarolarni barcha binolarga kiritish faqat belgilangan navbat va vaqtga rioya etilgan holda hamda tibbiy niqob taqilgan, qo‘llar antiseptik vositalar bilan yuvilgan va tana harorati teplovizorlar orqali o‘lchangandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Bino tashqarisi va ichida fuqarolar o‘zaro masofa (2 metr) saqlashlari lozim", deya eslatib o‘tmoqda.

"Ushbu vaqtincha cheklovlar "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 176-son qarori va Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarining tegishli tavsiyalariga asosan joriy qilinmoqda.

Shuningdek, yuqoridagi Hukumat qaroriga asosan, idoralardagi aksariyat ayol xodimlar bog‘cha yoshidagi farzandlariga qarash uchun mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha vaqtinchalik ta’tilga chiqarilganligi va xodimlarning bir qismi masofadan turib ishlashga o‘tganligi sababli idoralar faoliyatida ayrim uzilishlar bo‘lishi mumkin. 

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim noqulayliklar uchun Sizlardan avvaldan uzr so‘ragan holda adliya idoralariga faqat jiddiy zarurat bo‘lganda murojaat qilishingizni so‘raymiz!", deydi mas’ul tashkilot.

Adliya vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash faqat elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali  amalga oshiriladi (elektron pochta manzillari va ishonch telefonlari ro‘yxati havolasi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031