• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 29 » Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operatsiya stoliga yotish arafasida
16:20
Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operatsiya stoliga yotish arafasida

Avvalroq, "Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvining galdagi soniga xonanda Nilufar Usmonovani taklif qilganimiz haqida xabar bergan edik.
 
Bugungi Nilufar bilan avvalgisining orasida yer bilan osmoncha farq bor. U ancha ulg‘aygan, qarashlari, fikrlari butkul boshqa. Nilufar Usmonova bugungi san'atkorlarda madaniyat, etika, estetika, o‘rnak bo‘lar jihatlar qolmayotgani haqida kuyunib gapirdi.
 
Xonanda ayni damda farzand kutmoqda. To‘rtinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lish arafasida turgan Nilufar Usmonovaga shifokorlar farzand ko‘rishni kechiktirishi, uning salomatligi bunga javob bermasligini aytishgan edi. Buyragidagi muammolarga qaramay Nilufar Usmonova fikridan qaytmadi. Xonanda bu haqda gap ochilishini istamagan bo‘lsa-da intervyu davomida javobdan qochgani yo‘q.
 
"Homiladorlik kasalli, deb kim aytdi? To‘g‘ri, farzand dunyoga keltirish oson ish emas, lekin men shu bolalarim uchun yashamasam, kim uchun yashayman.. Shularni bag‘rimga bosganimda hayotning bor g‘am-tashvishi unut bo‘ladi.
 
Shifokorlar buyragim sabab farzandli bo‘lishim xavfli ekanini aytishdi. Lekin ularning vahimalariga ham quloq soladigan bo‘lsak, hamma narsa yig‘ishtirib qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Yaratgandan o‘zimga ham, farzandimga ham umr so‘rayman va hozirgi holatimdan nolimayman”.
 
Xonanda farzandini dunyoga keltirish haqida gapirar ekan, 2015 yilning dekabr oyida homilasi nobud bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi. Ma'lumotlarga qaraganda, u yaqindagina Istanbulda bo‘lib, shifokorlar nazoratidan o‘tib kelgan.
 
"Istanbulga tez-tez borishimning birinchi sababi ijod bo‘lsa, ikkinchisi homiladorligim. U yerda shifokorlarning nazoratida bo‘ldim. Boisi to‘rtinchi bor tig‘ tagiga kiraman. Kesarcha kesish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirish nima ekanini ayollar juda yaxshi tushunishadi”, deydi xonanda.
 
Nilufar Usmonova Yaratgan bergan homilasini atayin nobud qilayotganlar, o‘z oyog‘i bilan abort qildirishga borayotganlarni qaroridan qaytarish uchun har narsaga tayyor ekanini aytarkan, farzandidan kechayotganlardan nafratlanishini ham qo‘shimcha qildi:
 
"Yaratgan bitgan taqdirni bandasi o‘chirishga haqsiz. U farzand dunyoga kelish uchun yaratilganmi, demak, u tug‘ilishi kerak”.
 
Xonanda Nilufar Usmonova ishtirokidagi "Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvini yaqin soatlarda tomosha qilishingiz mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:5441 | Добавил: Admin | Теги: Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor ope | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031