• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Avgust » 25 » Nega bo‘rilar sirkda tomosha ko‘rsatmaydi
14:40
Nega bo‘rilar sirkda tomosha ko‘rsatmaydi

Hech sirkda bo‘rini ko‘rganmisiz? Bir emas, bir nechtalab yo‘lbars yoki sherlar bitta hayvon o‘rgatuvchining buyrug‘ini bajaradi yoki ayiq hatto velosiped haydaydi, ammo ulardan jussasi ancha kichik bu kulrang yirtqichni sirk arenasida uchratmaymiz. Nega?

Bo‘ri hayoti
Bo‘ri — juda makkor va xavfli yirtqich. Tashqi ko‘rinishi xonaki itlarga o‘xshagani bilan, ular itlar oilasiga mansub har qanday qarindoshidan ayyor va tajovuzkordir: boshqa turdagi qarindoshining kekirdagini uzib olish uchun unga atigi bir necha soniya kifoya qiladi.
 

Bu jonivorni amalda qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, uzoq vaqt qafasda saqlangan bo‘ri ertami-kech hayvon o‘rgatuvchining buyruqlarini bajaradi, lekin bu aldamchi bo‘ysunishdir. U volyer to‘sig‘ini tark etgan zahoti ozodlikka intiladi. Bunga shu darajada harakat qiladiki, u nafaqat hayvon o‘rgatuvchisiga, balki ko‘zi tushgan har kimga tashlanishi mumkin.

Istisno
Biroq ba'zan istisnolar ham bo‘lib turadi: buning uchun ishga jiddiy va mas'uliyat bilan yondashish kerak. Buni Perm davlat sirki hayvon o‘rgatuvchisi Yekaterina Korenkova isbotlagan. Endigina 18 yoshga to‘lgan bu qiz 1995 yili «Bo‘rilarni o‘rgatish» dasturi ustida ishga kirishadi.

Yekaterina kulrang yirtqichlar ham sadoqat va yoqimtoyligini namoyish qila olishini isbotlashga erishgan. Buning uchun odam bo‘rini bolaligidan asrab olishi kerak. Faqat ular bilan ishlash juda katta mehnat talab etadi. Kerakli natijaga esa har qanday hayvon o‘rgatuvchi ham erisha olmaydi.

Eng avvalo, hayvonni o‘rgatishdagi qiyinchilik har bir jonivorga alohida yondashuvni izlab topish bilan bog‘liq. Ustiga-ustak, bo‘rilar yakkalikda nihoyatda xavfli va yuraksiz bo‘lib qoladi. Ular ko‘p to‘plangan odamlardan, yorqin nurdan, baland tovushlardan, olqishu qarsaklardan qo‘rqishadi. Lekin to‘da orasida bo‘lganda bu yirtqich har qanday dushmanga tashlanishi mumkin. Hatto u kuch-quvvat, chaqqonlik va tezkorlik borasida bo‘ridan ustun bo‘lsa ham.

Boz ustiga, bo‘rilar — makkor va kek saqlovchi. Hayvonni jismoniy jazolash qat'iyan man etiladi. Ular o‘zini bo‘ysunayotgandek ko‘rsatishi, keyin kutilmaganda tashlanib qolishi hech gap emas. Hatto yaxshilab qo‘lga o‘rgatilgan bo‘ri ham kamdan-kam hollarda gastrolga chiqadi, negaki notanish arena, yorug‘lik, hid va tovushlarga moslashishga qiynaladi.

Korenkova bo‘rilar sirkda tomosha ko‘rsatmaydi, degan gap unchalik ham to‘g‘ri emasligini isbotladi. Bo‘rini qo‘lga o‘rgatish, unga harakatlarni bajartirish mumkin. Faqat bu juda og‘ir mehnat. Ishni esa o‘zi boqib katta qilgan jonivor bilan olib borish shart. Shu bois hayvon o‘rgatuvchilar o‘ziga xos fe'l-atvorga ega bo‘rilardan ko‘ra, itlar bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rishadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1030 | Добавил: Admin | Теги: faktlar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031