• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 26 » Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari qancha mukofot oladi
21:27
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari qancha mukofot oladi

Ayni kunlarda Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham jami 22 ta medal jamg‘argan holda, umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi. 

Xo‘sh, bu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar O‘zbekistonda qanday mukofotlanadi? Bu savolning javobi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilda qabul qilingan tegishli qarorida keltirilgan. 

Unga ko‘ra, sportchilarga davlat byudjetidan asosiy hamda mahalliy byudjetdan quyidagicha qo‘shimcha pul mukofotlari beriladi.

Sportchilar:

oltin medal uchun – 5 000 dollar hamda bunga qo‘shimcha 99 million so‘m;
kumush medal uchun – 3 000 dollar hamda 66 million so‘m;
bronza medal uchun – 2 000 dollar hamda 33 million so‘m.
Sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:

oltin medal uchun – 2 500 dollar hamda 66 million so‘m;
kumush medal uchun – 1 500 dollar hamda 33 million so‘m;
bronza medal uchun – 1 000 dollar hamda 16,5 million so‘m.
Sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

oltin medal uchun – 2 000 dollar;
kumush medal uchun – 1 000 dollar;
bronza medal uchun – 500 dollar miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Biroq Prezidentning 2023 yil 8 apreldagi 114-sonli qarori bilan mukofot pullarining yangi miqdori tasdiqlangan, AQSH dollari ko‘rinishidagi mukofot miqdori 2 baravar oshirilgan. 

Ya’ni sportchilarga:

oltin medal uchun – 10 000 dollar;
kumush medal uchun – 5 000 dollar;
bronza medal uchun – 2 500 dollar
Sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:

oltin medal uchun – 5 000 dollar;
kumush medal uchun – 2 500 dollar;
bronza medal uchun – 1 250 dollar miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilangan. 
Ahamiyatlisi mazkur qarorda mahalliy byudjetdan qo‘shimcha mukofot, shuningdek, sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar)ni rag‘batlantirish haqida hech qanday gap yo‘q. Ajablanarlisi esa 2022 yilda qabul qilingan qaror ham o‘z kuchida turibdi, na bekor bo‘lgan, na o‘zgarish kiritilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:152 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930