• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Fevral » 18 » Munisa Rizayeva tadbirkorlikni ayyorlikdan boshladi...mi?
18:36
Munisa Rizayeva tadbirkorlikni ayyorlikdan boshladi...mi?

Xonanda Instagram’dagi sahifasiga xakerlar hujum qilgani vaji bilan yangi sahifasida obunachalarni ko‘paytirishdan avval kun kelib bu akkaunt nomi @monisboutiqueatelye deb o‘zgartirilishini o‘ylamagandir...

Instagram ijtimoiy tarmog‘i shu qadar ommalashib ketmoqdaki, bugun nafaqat oddiy odamlar, balki savdo shoxobchalari, restoran va kafelar, liboslar do‘konlari, qo‘yingki, reklamaga muhtoj har qanday sub'yekt bu yerdan "qo‘nim” topgan. Tarmoqda o‘z mahsulotlarini yoki xizmat turlarini reklama qilib boradigan do‘konlar va korxonalar talaygina.

Xonanda Munisa Rizayevaning ko‘pchilik muxlislariga yaxshi ayon, u o‘tgan yilning avgust oylarida Instagram’dagi shaxsiy sahifasi xakerlar hujumiga uchragani haqida xabar berib, o‘zi uchun boshqa sahifa ochgan edi. Xonandani kuzatib borish ilinjida yangi sahifaga obuna bo‘lganlar soni bir haftaning o‘zida 40 mingtadan oshdi. Ular orasida o‘zbek shou-biznesining taniqli "yulduz”lari ham bor edi. Chunki xonanda yangi sahifasini obdon reklama qilib, "men endi shu sahifadaman” deb jar solgan edi. Ammo Munisa yangi sahifasidan loaqal bir oy ham foydalangani yo‘q. Xonandaning ma'lum qilishicha, u yana eski akkauntini qaytarib olgan.

Kuzatuvlar soni keskin ko‘paygan yangi sahifa esa  Instagram’dan o‘chirib tashlanmadi. Aksincha, bugun uning nomi @monisboutiqueatelye nomiga o‘zgartirildi. Qarabsizki, hozirgacha unga obuna bo‘lganlar soni qariyb 31 ming kishini tashkil etyapti. To‘g‘ri, xonanda yana o‘z "profil”ini qaytarib olganidan keyin obuna bo‘lganlarning soni biroz kamaygan, biroq bu unchalik qo‘rqinchli holat emas.

Gap shudaki, biroz avval xonandaning shahar markazidan "Monis” nomli ayollar liboslari do‘konini ochayotgani haqida xabar bergan edik. Taxminimizcha, Rizayeva uning reklamasini avvaldan ko‘zlab qo‘ygan. Xonanda Instagram’dagi sahifasiga xakerlar hujum qilgani vaji bilan yangi sahifada obunachalarni ko‘paytirishdan avval kun kelib bu akkaunt nomi @monisboutiqueatelye deb o‘zgartirilishini o‘ylamagandir ham, balki... Yana kim biladi deysiz... Xonandaning sinchkov muxlislari bizga bu borada "Mobil muxbir” loyihasi orqali xabar bermagunlariga qadar bu holatni biz ham payqamabmiz.

Darvoqye, xonanda yana ma'murini o‘zgartirdi. Shu bugungacha uning munisa Rizayevaning ma'muri sifatida "Grand" bosh muharriri Ibrohim Ahmedov faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2762 | Добавил: Admin | Теги: Munisa Rizaeva ochiq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29