• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 19 » Mixael Shumaxerning shol ahvoldagi surati uchun 1 million yevro so‘ralmoqda
17:52
Mixael Shumaxerning shol ahvoldagi surati uchun 1 million yevro so‘ralmoqda

Bir necha kun avval, Germaniya OAVlarida mashhur poygachi Mixael Shumaxerning uyida, uni shol ahvolda yotgan holatida olingan surati tarqalishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar bolaladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxs shol bo‘lib yotgan sportchini yashirincha suratga olgan va uni bir qator nashrlarga 1 million yevro evaziga taklif qilgan. Bu haqda "f1news.ru” yozmoqda.
 
Ushbu xabar tarqalgach, Shumaxerning oilasi Offenburg shahar prokuraturasiga murojaat qilgan. 7 karra jahon chempioni bo‘lgan poygachining shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi ushbu ish yuzasidan tergov ishlari boshlab yuborilgan.
 
"Noma'lum shaxs qator tahririyatlarga Mixael Shumaxerning uyida, uni shol ahvolda yashirincha olgan suratini katta pul evaziga sotib olish taklifini bildirgan”, deyiladi prokuratura tergov hujjatlarida.
 
Mixael Shumaxer 2013 yilning 29 dekabr kuni Fransiyaning Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchayotib, to‘satdan yiqilib ketdi va boshidan og‘ir jarohat olgandi. Poygachi miyasining ikki yarimshariga qattiq shikast yetdi va ichki qon ketish kuzatilgani sababli shol bo‘lib qolgan.
 
Bir necha kun avval, ushbu baxtsiz xodisaga 3 yil to‘ldi. Garchi oradan bir necha yil o‘tgan bo‘lsa-da, shu kungacha Shumaxerning salomatligi, umumiy holati haqidagi ma'lumotlar uning oilasi va menejeri tomonidan sir saqlanadi.
 
OAVda tarqalgan mish-mish sababli kecha, 18 dekabr kuni Shumaxerning menejeri Sabine Kem ommaga murojaat qildi.
 
"Shumaxerning salomatligi jamiyatda muhokama qilinadigan mavzu emas. Shunday ekan, biz keyinchalik ham bu borada biror ma'lumot bermaymiz. Biz bu ishni uning shaxsiyatini himoya qilish maqsadida qilayapmiz. Uning salomatligi haqidagi har bir mish-mish sog‘lig‘i yanada yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ba'zilar uchun buni tushunish qiyin bo‘lshini ham tushunamiz, ammo biz aynan Mixaelning prinsipi asosida shunday qilishga majburmiz. Bizni tushunasizlar deb umid qilamiz. Mixael mashhurlik cho‘qqisining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilganida ham shaxsiy hayotini sir tutgan, himoya qilgan. U omma va shaxsiy hayoti o‘rtasiga chiziq tortgandi”.
 
Qator nashrlarning taqdiqlashlaricha, Kem Shumaxerlar oilasining suratlar sabab prokuraturaga murojaat qilganini tasdiqlagan.
 
Ma'lumot uchun, shu vaqtgacha sportchining hozirgi holati, uning salomatligi, salomatligidagi o‘zgarishlar haqida biror marta ham ma'lumot berilmagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1591 | Добавил: Admin | Теги: Михаэль Шумахернинг шол аҳволдаги с | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031