• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 23 » Misr kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda ko‘maklashadi
16:37
Misr kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda ko‘maklashadi

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Toshkentda Misrning Elsewedy Electric kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Ahmad al-Suveydi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda misrlik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning xalqaro tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Energetika vaziri Misr kompaniyasi rahbarini yangi generatsiya quvvatlari qurilishi bo‘yicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar bilan tanishtirdi. Ular Sirdaryo viloyatida 1 000 megavattlik quyosh elektr stansiyasi va 1 300 megavattlik issiqlik elektr stansiyasidan iborat.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda Xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki) va Osiyo taraqqiyot banki bilan birga 2025-yilgacha 2 gigavatt quvvatli quyosh elektrostansiyalarni qurish uchun salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, XMK bilan birga "1200—1400 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyalari qurilishi” loyihasi doirasida tender savdolari e’lon qilingan. G‘oliblarni shu yil noyabr—dekabr oylarida aniqlash rejalashtirilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 1,0 – 1,3 milliard dollarga teng.

Investitsiyaviy hamkorlikdan tashqari, Energetika vazirligi Elsewedy Electric kompaniyasi bilan elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazini yaratish, ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘mir qazib olishni rivojlantirish, shuningdek, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashga sarmoya kiritish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 1938-yilda tashkil topgan Misr kompaniyasining dunyodagi 15 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish quvvati mavjud, u yerda 15 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi. Elsewedy Electric qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun kabellar, transformatorlar, elektrotexnika buyumlari, elektr uzatish tarmoqlarini qurish va jihozlash, tarqatish tizimlari, gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri ekanligini aytib o‘tgan.

Avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Misrning Elsewedy Electric kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ahmad al-Suveydiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:535 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829