• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Yanvar » 31 » “Mening fikrim” portalida propiskani bekor qilishga doir petitsiyalar qabul qilinmayapti
20:51
“Mening fikrim” portalida propiskani bekor qilishga doir petitsiyalar qabul qilinmayapti

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev "Mening fikrim” portaliga propiskani bekor qilishga doir petitsiyani uchinchi marta joylashtira olmaganini ma’lum qildi.

"Kecha qiziq voqea bo‘ldi, shuni sizlarga so‘zlab bersam.

‘Mening fikrim’ degan jamoaviy murojaatlar portali bor. Men bu portalni ko‘zbo‘yamachilikka ochilgan, deb hisoblayman. Chunki shu kungacha 2 marta propiskani bekor qilish haqida petitsiya qoldirgan edim. Ammo birinchi petitsiyam ham, ikkinchi petitsiyam ham senzuradan o‘tmagan va hattoki ovozga ham qo‘yilmasdan rad qilingan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida propiska mavzusi ham tilga olindi va bu tizim davlatimiz rahbari tomonidan ‘30 yil davomida xalqimizning oyog‘iga solingan kishan’ deb baholandi.

Shundan keyin o‘ylab qoldim. Balki endi propiska haqidagi petitsiyamni chiqarishar. Avval rad qilishganini tushunsa bo‘ladi, chumchuq pir etsa, yuragi shir etadiganlar bunaqa petitsiyalarni chiqarishga qo‘rqishgan. Lekin shaxsan Prezidentning o‘zi ushbu tizimni tanqid qilib turganda bunday petitsiyani rad qilish ahmoqgarchilik-ku!

Shunday xayol bilan portalga kirdim va propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida petitsiya qoldirdim. Lekin...

Lekin har qancha urinmay petitsiyani joylab bo‘lmadi, ‘Yuborish’ tugmasini bosishim bilan yana orqaga qaytib qolaverdi. Hayron bo‘ldim. Xayolimga kelgan dastlabki fikr meni bloklashibdi deb o‘yladim. Shu sababli petitsiya joylashni do‘stlarimdan iltimos qildim. Ammo ular ham propiska haqida post qoldira olishmadi. Sinov tariqasida umuman boshqa mazmundagi istalgan matnni kiritsak, baza qabul qilyapti, ammo aynan propiska haqidagisini joylab bo‘lmayapti.

Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, portalda ‘propiska’ degan so‘zni ‘qora ro‘yxat’ ga kiritib, shu mazmundagi petitsiyalarni qabul qilmaydigan qilib qo‘yishibdi. Qoyil, barakalla! Bunaqa kallalar bilan O‘zbekiston kelajagi gullab-yashnab ketadi.

Taxminimni amalda sinab ham ko‘rdim. Ya’ni petitsiyadagi ‘propiska’ so‘zlarining o‘rniga ‘doimiy ro‘yxatdan o‘tish’ deb yozdim. Natija nima bo‘ldi, deb o‘ylaysiz? Ha, ha, ha — petitsiya qabul qilindi!

To‘g‘risi, nima deyishga ham hayronman... Birovlar jinoyatlarning oldini olish uchun pichoqlarning uchini o‘tmaslashtirsa, boshqa birovlar o‘ziga muammo bo‘lmasin deb, umumxalq fikrini bildiradigan portalda ‘propiska’ so‘zini bloklashadi.

Xullas, propiskani bekor qilish haqidagi petitsiya ‘propiska’ so‘zlarisiz qoldirildi. Unda quyidagi takliflarni bildirdim:

1) propiska rejimini bekor qilib, uning o‘rniga shunchaki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy qilish;

2) propiskasiz fuqarolarga ikkilamchi bozordan uy olishga bo‘lgan taqiqni bekor qilish;

3) propiskaga qarab fuqarolarga turlicha davlat boji to‘lashni bekor qilish;

4) xuddi Rossiyadagiga o‘xshab, boshqa hududda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddatini 10 kundan 90 kungacha uzaytirish;

5) ro‘yxatdan o‘tishni vakolatli organdan ruxsat so‘rash emas, balki faqat xabardor qilish mazmunida belgilash.

Endi kutishimiz kerak. Qoida bo‘yicha ushbu petitsiya 15 kun ichida moderatsiyadan (senzuradan) o‘tishi kerak. Yoki petitsiyani ommaga e’lon qilishadi, yoki bu safar ham qonunga xilof ravishda rad qilishadi. ‘Yangi O‘zbekiston — Yangi Parlament’ qanday qaror qabul qilar ekan, kutamiz.

Eslatib o‘tamiz, petitsiyani moderatorlar tasdiqlamaguncha ovoz berib bo‘lmaydi.

Albatta mas’ullar ‘biz bunaqa qilmaganmiz’ deyishi mumkin. Shu sababli ham kecha barcha jarayonlarni videoga olib qo‘ygan edim.

Yuqoridagi tasvirlarda ‘Mening fikrim’ portali qanaqa qilib ‘propiska’ so‘zlari qatnashgan petitsiyani qabul qilmagani, lekin keyinchalik ‘propiska’ so‘zlari o‘rniga ‘doimiy ro‘yxatdan o‘tish’ so‘zlariga almashtirganimdan keyin qabul qilgani aks etgan.

Balki bularning barchasi shunchaki tasodifdir, kim bilsin. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham juda ajoyib tasodiflar diyorida yashaymiz, men sizga aytsam.

Hattoki Prezident nutqidagi ‘propiska’ so‘zlarini ham almashtirishga majbur bo‘ldim”, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov propiska tizimining bekor qilinishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirgan edi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ham propiska haqida gapirib, uni xalqaro huquq nuqtayi nazaridan "kamsitish, ya’ni diskriminatsiya” tizimi deya baho berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:469 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031