• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 12 » “Mendan meni so‘rama”. Yulduz Usmonova 53 yoshda
17:19
“Mendan meni so‘rama”. Yulduz Usmonova 53 yoshda

Bugun, 12 dekabr kuni  O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 53 yoshni qarshiladi. Yulduzning galdagi tavallud ayyomi uzoq yillar xotirasida saqlanib qolishi tayin. Xonanda umrining eng gullagan davri, ijodining eng sarbaland nuqtasida, 43 yoshida yo‘qotganlarini 10 yil o‘tib topdi.
 
Yulduz Usmonova. Bu nomni eshitgan ko‘plab tinglovchilar ko‘z o‘ngida shartaki, gap kelganda uncha-bunchani ayamaydigan, har bir qo‘shig‘ida hayotni, asl haqiqatni aks ettiradigan, yonib turgan ayol gavdalansa, ajab emas.
 
Marg‘ilonda, oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan, qishloqning tor, chang ko‘chalarida tuproqqa belanib, shovqinli shahar hayotidan yiroqda katta bo‘lgan Yulduzning kun kelib dunyo tanigan va tan olgan hofiza bo‘lishini kim ham o‘ylabdi deysiz... U ayni haqiqatni juda ko‘p qo‘shiqlarida aytishga uringan.
 
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova haqida gap ketganda, ortiqcha ta'rif va tasnifga hojat yo‘q. Yulduz o‘zini xalq qizi deb biladi va u haqda gap ochilganda, unvonlar nomi bilan emas, oddiygina qilib "xalqning qizi” deyishlarini xohlaydi. Yulduzdagi salobat va viqorga bu kamtarlik yarashmas yoki buni kamtarlik ham deb bo‘lmas. Balki u har qanday unvondan xalq kuychisi degan nomni balandroq ko‘rar...
 
Usmonova ijodi davomida minglab qo‘shiqlar yaratdi. Tirnoqqa zor ayollar dardidan tortib, omadi ketgan yigitlar taqdirini kuyga soldi. Ona allasi, go‘dak nolasi, ota faryodi... Bularning har biri Yulduzning qo‘shiqlarida yashaydi.
 
Yulduz shartaki xonanda. U atrofidagi voqyealarga jim qarab turolmaydi. Kimdir Vataniga tosh otsa, ayolligini ham unutadi, juda bo‘lmaganda qo‘shig‘i bilan javob qaytarishga, boshqalarni ham jips qilishga urinadi. Ko‘p hollarda tilining o‘tkirligi ham unga pand bergan, buni xonanda juda yaxshi biladi. So‘nggi 10 yillikdagi mavhumlik sabablari ham bejiz emas, aslida.
 
Inson yillar o‘tgan sayin ulg‘ayadi, dunyoqarashi o‘zgarib, fikri tiniqlashadi. Ko‘p haqiqatlarni anglay boshlaydi. Yulduz Usmonova sahnaga chiqibdiki, o‘z ustida ishlaydi, yeladi, yuguradi, harakatdan tinmaydi. Har qo‘shig‘ida tinglovchiga aytmoqchi bo‘lgan gaplarini yetkazishga harakat qiladi. U sevgisini ham shunchaki aytmaydi. Muhabbat ortida yashiringan dardni ham qistirib o‘tadi.
 
Bugun 53 yoshni qarshilagan Yulduz Usmonovaning ijodida ham, shaxsiy hyotida ham yangiliklar bisyor. Xonanda uchun yopiq bo‘lgan eshiklar bugun ochildi. TV va radiolarda tinimsiz qo‘shig‘i yangrayotgan Yulduz galdagi imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanadi. Boisi 10 yillik muhlat uni anchayin tarbiya qilgani aniq.
 
Fursatdan foylalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani 53 yoshni qarshilagani bilan muborakbod etamiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2231 | Добавил: Admin | Теги: “Мендан мени сўрама”. Юлдуз Усмонов | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031