• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 7 » Maymun muchali yilida tug'ilganlar
13:13
Maymun muchali yilida tug'ilganlar

1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016 yillarda tavallud topganlar 

Mazkur muchal yilining timsollari ko'p qirralidir. Maymun- qorong'ulik, ongsiz faollikni namoyon etib, bunyodkor yoki aksincha, buzg'unchi kuch bo'lishi mumkin. Mantiq, aql va ongsizlik chegarasida turgan kuchni qaysi yo'nalishga qaratilishi bilan bog'liq bo'lgan muchal yilidir. Qadimdan Xitoyda maymunlarga yaxshi sog'liq, har tomonlama muvaffaqiyat va himoya vositasi sifatida qaralgan. Maymunlar xayoliy belgi ostida tug'ilganlar sarasiga kirgan. Ular juda ham qiziquvchan va sodir bo'layotgan voqea-hodisalardan ogoh bo'ladilar. Maymunlar o'ziga xos aqlga ega bo'lib, mustaqil bo'lishga intiladi. Ular ajoyib xotiraga ega va kimlardir tomonidan qilingan yaxshilik yoki yomonlikni bir umr yodida saqlaydilar, hattoki, aytilgan bir og'iz so'zni ham. Shuning uchun mazkur muchal yilida tug'ilganlar bilan xoh u yosh bola yoki o'quvchi bo'lsa ham juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilish talab etilasi. Tartib-qoidalar ular uchun ahamiyatsizdir, hech qanday tartib-qoidalarga amal qilmay, o'z bilganlaricha hayot kechiradilar. Maymun muchal yilida tavallud topganlar-tabiatan xushbichim, chiroyli va ajoyib xususiyatlarga ega bo'ladilar. O'zigaxos qiliqlari bilan yaqinlarida, atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradilar. Boshqalarga kerakli maslahatlar bersalar-da, o'z bilganlaricha ish tutadilar. Umrining birinchi yarmida yengil-yelpi hayot tarzi bilan kun kechiradilar. Ikkinchi yarmida esa asosan hayot tashvishlari, mehnat va oila yumushlari, farzandlarini uylab-joylash kabi turmush tashvishlari bilan band bo'ladilar. Hayotning turli muammolariga duch kelganda, zudlik bilan qaror qabul qilishga qodirdirlar. Hayoti davomida o'zining xatti-harakati, mashaqqatli mehnati bilan kun kechiradilar. Sevgi bobida ko'pincha baxti kelishmaydi. O'z yo'liga sola olmagan, aytganini bajarmagan umr yo'ldoshidan ko'p bor ranjiydi va uzil-kesil qaror qabul qilishga qodir emas. O'zgalarning kamchiliklarini, xatolarini darhol sezadilar va ularga toqat qila olmaydilar. Chunki barcha ishlarni o'zlari to'kis bajarishlariga ishonasilar. Ulardan o'zini baland tutadi. Hazil-mutoyibaga ham moyildirlar.

Maymun muchalidagi erkaklar: mazkur muchaldagi erkaklar, atrofdagilar oldida yaxshi taassurot qoldirishni istaydilar va bunga erishadilar ham. Yaxshi xotiraga, ilmga ega bo'lib, hazil-mutoyibaga ham moyildirlar. Shuning uchun o'zgalar ishonchiga tez kiradilar. Oilada baxtli hayot kechirishlari uchun esa ularga ko'proq erkin faoliyat yuritishlariga imkon berish maqsadga muvofiq. Mazkur muchal sohiblari xali hech kim qilmagan ishlarni amalga oshirishga va shu bilan hammani lol qoldirishga intiladilar va bu ularning qo'llaridan keladi. Maymun muchalidagi erkaklar mehnatsevar bo'lib, mansab-martabalarga u qadar intilmaydilar. O'zlari qiziqqan va egallagan sohasi, kasbi va ixtisosliklari bo'yicha yuksak muvaffaqiyatlarga erishadilar. Hayoti davomida ba'zan moliyaviy qiyinchiliklarga uchrasa-da, jamiyatda yaxshi mavqega ega bo'la oladi.
Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar: Ular aqlli, farosatli va ziyrakdirlar. Ularning fikr va mulohazalari, o'rinli takliflari yaqinlari tomonidan yaxshi qadrlanadi. Aniq va ishonchli xatti-harakatlari tufayli o'z maqsadlariga erisha oladilar. Mazkur muchaldagi ayol(qiz)larning qiziqish doiralari keng bo'lib, o'z g’oyalarini hayotga joriy etishga shoshiladilar. Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar bir narsaga juda tez qiziqib, bel bog'lab, undan tez soviydilar. Eski narsalardan voz kechib, yangi marralarni dadillik bilan egallashga harakat qiladilar. Ularning eng ishongan makoni oilasidir. Shuning uchun ham ular erta turmushga chiqib, mansab-martabalarga intilmaydilar. Farzandlari ko'p bo'lishini istab, ularga yaxshi tarbiya beradilar. Mazkur muchaldagi ayollar quvnoq va hammaning havasi kelarli darajada baxtli oila barpo qila oladilar.
Категория: Muchal va Burjlar | Просмотров:1508 | Добавил: Admin | Теги: Maymun muchali yilida tug'ilganlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930