Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 606
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 28
Гостей: 28
Пользователи 0

Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Qorsaqli88
pakoo77
pakoo88
pakoo99
pakoo
Главная » 2020 » May » 15 » Mayk Taysonning raqibi kimligi malum bo'ldi
19:21
Mayk Taysonning raqibi kimligi malum bo'ldi

Boks bo‘yicha og‘ir vazn sobiq chempioni Evander Holifild afsonaviy bokschi Mayk Taysonga qarshi uchinchi jangda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

"Men buni xohlayman. Ha, Tayson bilan jang qilmoqchiman. Hatto 57 yoshimda ham bu ishni uddalay olaman.

Unga munosib qarshilik qila olaman. Gap kimning g‘olib bo‘lishida emas, maqsad odamlarga biz o‘z davrimizning eng buyuk jangchilaridan ekanimizni ko‘rsatib qo‘yish.

Maykga nisbatan hech qanday adovatim yo‘q, o‘ylashimcha, bu sport uchun yaxshi bo‘ladi. Garchi boks keskin sport turi bo‘lsada, biz birgalikda yaxshi jang tashkil qila olishimizni odamlarga ko‘rsatib qo‘yishimiz mumkin.

U ko‘plab takliflar olayotganidan xabarim bor. Ikkimiz ham boksga qaytishimizni e’lon qilganimizdan keyin, men va Mayk o‘rtasidagi jang barcha ko‘rishni xohlaydigan voqeaga aylanadi”, — deydi Holifild.

Tayson va Holifild ikki bor 1996 va 1997-yillarda o‘zaro jang qilgan. Ilk jangda Holifild nokaut evaziga g‘alaba qozongan, ikkinchi to‘qnashuvda esa Mayk raqibining qulog‘ini tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingan.

Avvalroq 53 yoshli Tayson ringga qaytish va bir nechta ko‘rgazmali jangda qatnashish istagida ekanini ma’lum qilgandi. Uning ortidan 57 yoshli Holifild ham boksga qaytishini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:69 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Кино премьера
Поиск
Калькулятор
Календарь