• Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
  • Tarmoq - O'zbek Tilida
  • Ilon Qiz - O'zbek Tilida
  • Qizil Nuqta - O'zbek Tilida
  • Sevgi Uchun Kurash - O'zbek Tilida
  • To'dadagi Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Timsohlar - O'zbek Tilida
  • Qonli Oltin - O'zbek Tilida
  • Ishq Qiyomati - O'zbek Tilida
  • So'nggi Qirollik - O'zbek Tilida
  • Bo'ron - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1758
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
FANTASTIK
Akobir
Eldor22
Admen22
Omadshox_07
Главная » 2017 » Iyun » 1 » Mashhurlar bolaligida ishongan yolg`onlar haqida
17:13
Mashhurlar bolaligida ishongan yolg`onlar haqida

Har bir inson bolaligidan mo``jizaga ishonib yashaydi. Bunga esa kichikligimizdagi taassurotlarimiz, kattalarning aytgan ertaklari sabab. 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab o`tkazgan so`rovnomamizda esa mashhurlar bolaligida ishongan, ulg`aygach o`ylaganlari shunchaki, o`ylab topilgan yolg`on ekaniga amin bo`lishganini gapirib berishdi. 

«ShOHRUXXON BIZNING QARINDOShIMIZ...»ShIRIN, xonanda: — Bolalagimdan hind aktyori Shohruxxoni juda yaxshi ko`raman. Uning filmlarni tomosha qilib hech zerikmasdim. Mehrim va qiziqishimni bilgan kelinoyim «Shohroxxon bizning qarindoshimiz. Yaqinda O`zbekistonga keladi. Uyga ham chaqiramiz, keyin birgalikda Hindistonga borib, uning uyida mehmon bo`lib qaytamiz» deb aytgan. O`sha payt shunaqa hursand bo`lgandimki... Anchagacha o`zimga kelolmay, hatto tushlarimda ko`rib chiqardim. Balki juda soddaligimdanmi hozir ham rostanam qarindoshimiz bo`lsa-ya, deb o`ylayman.

«SENI TUG`RUQXONADA ALMAShTIRIB QO`YIShGAN»FARHOD, xonanda: — To`rt qizdan keyin uzoq kutilgan o`g`ilman. Bolaligimda juda qiziquvchan bo`lganman. Onamga «Opalarimdan boshqacharoqman-a» desam, «Ha, seni tug`ruqxonada almashtirib qo`yishgan. Shuning uchun ularga o`xshamaysan» degandi. Qarang, shuncha payt bu gapga ishonib yurgan ekanman. Lekin ich-ichimdan shu oilaning farzandi ekanimni bilardim... O`sha paytdagi soddaligimni o`ylasam kulgim keladi.

«SURATLAR JONLANIShIGA IShONGANMAN»Shuhrat UMAR, xonanda: — Maktabda o`qib yurgan paytlarim yozgi ta`tilni ammamning uyda o`tkazardim. Hovlining devorlarida turli multfilm va kino qahramonlarining surati solingandi. «Ninza», Bryus Li va sharshara, ayniqsa, haqiqiyga o`xshardi. O`shanda 7 yosh edim, ammavachcham «Kechqurun uxlaganimizda suratlar tirilib, bizni qo`riqlab turishadi» degandi. Uning gapiga ishonib, uch kun hamma uxlaganda ularning jonlanishini kutganman.

«O`QITUVChIM LAQILLATGAN»Azamat AHROROV, aktyor: — Bolaligimda biroz betartib, tekkanga tegib, tegmaganga tosh otadigan, sho`x yigitcha bo`lganman. Maktabda hamma o`qituvchilar mendan bezor edi. Hozir necha yoshda bo`lganimni eslolmayman, ammo yoshroq o`qituvchilarimdan birining «5» qo`yib beraman degan gapiga aldanib qolganman. Darsida to`polon qilaverganimga «Azamat, darsga kirmasang ham mayli, «5» baho qo`yib beraveraman» degandi. Bolaligimga borib, darsga kirmaganman. Chorak yakunida esa kutilgan «5»ning o`rnida «2» turganini ko`rganimda laqqa tushunimni tushunganman.

«UKOL BILAN QO`RQITIShARDI»Botir YaMINOVA, xonanda: — Ota-onamning erka va tantiq bolasi bo`lganman. Qaerga borishmasin nuqul ergashaverganman. Oyim doim meni uyda qolishim uchun «Doktorga ketyapmiz, mazam yo`q» derdi. Ukoldan qo`rqishimni yaxshi bilardi-da. Esim kirgunicha onamning bu gapiga chin dildan ishonardim. Keyin bilsam, meni aldab yurishgan ekan (kuladi). Menimcha ko`pchilik ota-onalar farzandlarini shunday aldab turishadi. Qizim sal ulg`aygach, ergashsa men ham ushbu usuldan foydalansam kerak...

«DADAMNING SIRINI BILARDIM...»RUHShONA: — Kichkinaligimda Qorboboga qattiq ishonardim. Lekin uch yoshimda dadam Qorbobo kiymini kiyib, uyga kelganida shimidan tanib qolganman. Qorbobo, aslida, o`ylab topilgan qahramon ekanini o`shanda tushunib qolganman. Esimda, o`sha haqiqat ayon bo`lgan Yangi yil oqshomida «Oyijon, Qorbobo dadamning shimini kiyib olibdimi?» deb so`ragandim. Onam chalg`itishga harakat qilgan. Keyingi yili kelgan Qorbobo dadamning oyoq kiyimini kiyib ketganini ko`rgach, shubham o`z tasdig`ini topgan. Bu voqeadan so`ng har Yangi yilda qachon dadam Qorbobo bo`lib kelarkin, deb kutib o`tirardim.

«HAMMA MAShHURLAR BUVIMNING BOLASI EDI»Shodiyora OMONOVA, raqqosa: — Bolaligimda tumanimizdagi stadionga poytaxtdan xonandalar kelib, qo`shiq kuylashardi. Ayrim sabablarga ko`ra borolmay qolsam, buvim «U mening bolam, hozir kuylab bo`lgach, uyimizga kelib senga alohida qo`shiq aytib beradi» deb ovutardi. Men ham ishonib san`atkorlarni haqiqattan kutib o`tirarkanman.

«SUPERMEN» BO`LMOQChI EDIM»Ma`mur SULTONOV, «Bayon» guruhi a`zosi: — Bolaligimda multqahramonlar haqiqatan ham mavjudligiga ishonardim. Ayniqsa, «Supermen» va «Betmen»ni yaxshi ko`rganman. O`zimcha, agar inson chin dildan ishonsa, o`sha qahramonlarga aylanishi mumkin deb o`ylardim. Hatto, bir marta «sehrli» yopinchig`imga o`ranib, tomdan ham sakraganman. Yiqilganimdan keyingina bu shunchaki yolg`on ekanini tushunganman.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1797 | Добавил: Admin | Теги: Mashhurlar bolaligida ishongan yolg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930