• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1769
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2022 » Mart » 17 » Markaziy bank raisi O‘zbekistonda dollar kursi keskin oshib ketganiga izoh berdi
21:17
Markaziy bank raisi O‘zbekistonda dollar kursi keskin oshib ketganiga izoh berdi

O‘zbekistonda dollar kursi keskin oshib ketdi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, bunga ikkita asosiy sabab bor.

Birinchidan, tashqi geosiyosiy vaziyat ta’sirida eksport tushumlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli qisqarishi (asosan, Rossiya va Qozog‘istondan) ta’sirida ichki valyuta bozorida taklif qisqardi.

Ikkinchidan, asosiy savdo hamkorlarda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi va devalvatsion kutilmalarning ortib borishi, ichki valyuta bozoridagi talabning vaqtinchalik o‘sishiga olib keldi.

Biz milliy valyuta almashuv kursi bo‘yicha prognozlarni amalga oshirmaymiz. So‘mning AQSH dollariga nisbatan kursi ichki valyuta bozorida ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllangan talab va taklif muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi, — dedi Mamarizo Nurmuratov.

So‘mning almashuv kursi ham biroz vaqt o‘tgandan keyin rubl va tenge kursi bilan bir xil darajada qadrsizlanadi degan xavotirlar paydo bo‘lgan.

Mamarizo Nurmuratov so‘mning almashuv kursi rubl yoki tengening kursi bilan bir xil darajada qadrsizlanishi kerak degan fikr noto‘g‘ri ekanligini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir davlatning o‘ziga xos makroiqtisodiy siyosati, tashqi savdo aloqalari, kapital harakati bilan bog‘liq valyuta siyosati mavjud.

Valyuta kursining fundamental tebranishi eng avvalo makroiqtisodiy barqarorlik bilan bog‘liq, — dedi Markaziy bank raisi.

Uning aytishicha, tashqi xatarlar sharoitida Rossiya va Qozog‘istonda milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi bir tomondan mamlakatdan kapital oqimining chiqib ketish hajmiga ham bog‘liq. 

Har ikkala davlatda kapital hisob varag‘i nisbatan ochiq bo‘lib, norezidentlarning bank tizimidagi depozitlari va davlat qimmatli qog‘ozlaridagi ulushi sezilarli bo‘lgan. Inqirozli vaziyat boshlanishi bilan ularning chiqib ketishi natijasida valyutaga bo‘lgan talab ortib rubl va tengening keskin qadrsizlanishi kuzatildi.

Biz esa kapital harakati bilan bog‘liq erkinlashtirish jarayonining dastlabki bosqichidamiz. Bizda norezidentlarning depozitlari ham deyarli yo‘q va ular davlat qimmatli qog‘ozlariga ham egalik qilishmaydi. Shu sababli, tashqi xatarlar sharoitida bizda mamlakatdan sezilarli valyuta chiqib ketish xatari mavjud emas va mos ravishda so‘mning kursi nisbatan barqaror bo‘lishi bashorat qilinadi, — dedi Mamarizo Nurmuratov.

Ikkinchi tomondan, milliy valyuta almashuv kursining asosiy savdo hamkorlardan bo‘lgan Rossiya va Qozog‘iston valyutalari kursiga moslashuvida rubl va tengening nominal almashuv kursiga emas balki real almashuv kursiga, ya’ni inflyatsiya darajasiga muvofiqlashgan kursiga e’tibor berish kerak. 

Aytaylik, rublning kursi 20-30 foizga qadrsizlanishi bilan mamlakatda inflyatsiya darajasi ham ortib boradi va real almashuv kursi qadrsizlanishi pastroq darajada bo‘ladi, — dedi u.

Shundan kelib chiqib, so‘mning ham kelgusida aynan qo‘shni davlatlar valyutalari darajasida keskin qadrsizlanishini kutish, valyuta kursi qadrsizlanishda davom etar ekan, deb vahima uyg‘otish noto‘g‘ri bo‘ladi, deb ta’kidladi Markaziy bank raisi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:489 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031