• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 2 » MAGATE ekspertlari ZAESda qachongacha qolishi aytildi
15:20
MAGATE ekspertlari ZAESda qachongacha qolishi aytildi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlar guruhi vaziyatni baholash uchun 4 yoki 5 sentyabrgacha Zaporoje atom elektr stansiyasida (ZEES) qoladi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qilgan. 

"MAGATEdan ikkita texnik ekspertlar guruhi bor. Bitta guruh ZAESda yakshanba yoki dushanbagacha (4 yoki 5 sentyabr – tahr.) vaziyatni baholash uchun ishlaydi. Ular birinchi savollarni shakllantirishlari, birinchi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak. Dastlabki baholash o‘tkaziladi, shundan so‘ng ular hisobot tayyorlaydilar. Shundan so‘ng biz stansiyada doimiy ishtirok etishimizni, ya’ni ZAESda MAGATE ekspertlarining doimiy bo‘lishini ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Grossi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE avariya tizimlari, dizel generatorlari, ZAES quvvat bloklarining blok qalqonlarini tekshirgan. 

"Biz avariya tizimlari, dizel generatorlari, atom energetika bloklarining blok qalqonlari va boshqa elementlarni ko‘rib chiqdik”, deydi Grossi. 

Uning ta’kidlashicha, atom elektr stansiyasining yaxlitligi bir necha bor buzilgan.  

"Stanuiya va uning jismoniy yaxlitligi bir necha bor buzilgani aniq, bizda tasodifanmi yoki ataylab baho berish uchun zarur elementlar yo‘q”, deydi Grossi.

Aytish joizki, 30 avgust kuni MAGATE rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi missiya Kiyevga yetib borgandi. 31 avgust kuni ertalab esa MAGATE missiyasi karvoni Kiyevdan chiqib, Energodardagi ZAES tomon yo‘l olgan. 1 sentyabr kuni ekspertlar o‘z ishini boshladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:349 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930