• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 18 » Madina Mumtozning noodatiy savollarga javobi
13:19
Madina Mumtozning noodatiy savollarga javobi

Xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqongina kelin – Madina MUMTOZ bilan "Sug‘diyona” gazetasi ijodkori bog‘lanib, ijodi haqida suhbatlashmadi! Bu safar u noodatiy savollar nishonida! Qani ko‘ramiz, berilgan vazifani qay darajada uddalar ekan. 

– Hayotda qiyofadoshingiz bo‘lishi mumkinmi?

– Ha! «Zuhram»ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko‘rinishi, yuz tuzilishi menga o‘xshash bo‘lganlar bor. O‘zim ko‘rganman!

– Opera, jaz, rep — qay bir yo‘nalishda tajriba qilib ko‘rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin?

– Opera yo‘nalishida tajriba qilish niyatim yo‘q emas! Demak, opera!

– Tavakkal qilib...

– Bilmasam... menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma'noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo‘lgan.

– Kimlarga nisbatan «allergiya»ngiz bor?

– O‘ziga bino qo‘ygan, atrofidagi odamlarni qo‘l uchida ko‘rsatadigan insonlarga nisbatan «allergiyam» kuchli!

– Xayolingizda tinimsiz aylanadigan qo‘shiq?

– ...ko‘pincha ertalab biror taronani tinglasam, kun bo‘yi u xayolimda aylanaveradi. Ko‘pchilikda shunday bo‘lsa kerak, o‘ylarimizni band qiladigan qo‘shiqlar o‘zgaruvchan!

– Tasavvur qiling, s'yomkaga ketayotib yo‘lingizda adashdingiz. Telefoningizning quvvati tugagan, aksiga olib mashina benzining ham tagi ko‘rinib qolayapti, tag‘in deng, yoningizda pulingiz yo‘q! Nima qilasiz?

– Avval mashinani chetroqqa olaman, shu vaqtda biror kim yonimdan o‘tib qolsa, undan yordam so‘rayman, qo‘ng‘iroq qilib olish uchun. So‘ng taksi to‘xtataman-da, vaziyatni tushuntirib manzilim tomon oshiqaman. Xullas, vaziyatdan chiqish yo‘lini topaman!

– Madinaning jahli chiqqanda...

– Qorni ochqagan bo‘ladi (kulib). Arzimagan narsaga ham achchig‘im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga yetkazib berishimga qo‘yishmasa, juda qattiq jahl qilaman.

– Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki...

– Yolg‘on aralashgan bo‘lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo‘lishidan cho‘chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo‘lmagan. Rostgo‘ylikni qadrlayman!

– Bir marta bo‘lsa ham mushtlashganmisiz?

– Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan.

– Pardozsiz ko‘chaga chiqishingiz mumkinmi?

– Ha va bu holat juda ko‘p takrorlanadi.

– Turmush o‘rtog‘ingizni kutib olishda-chi?

– Ba'zan pardozsiz bo‘lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo‘ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman!

– Bolalik xotiralaringizni yodga soluvchi ifor qaysi?

– Onam foydalangan atir! Bolaligimni eslaganimda aynan shu ifor dimog‘imga urilgandek bo‘ladi.

– Telefoningiz tushirilgan so‘nggi surat?

– Mahalladan chiqib ketaverishda osmonning yarmi bulutli, yarmi quyosh manzarasidan allanechuk ta'sirlangandim. Shu peyzajni suratga olgan ekanman.

– Ijodiy safarga ketayotganingizda o‘zingiz bilan olishingiz shart bo‘lgan 3 ta narsa-buyum?

– Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi!

– Madina Mumtoz hayotining «saundtreki» qaysi kompozitsiya?

– O‘zim ijro qilgan «Baxtli bo‘l» qo‘shig‘i!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1434 | Добавил: Admin | Теги: Madina Mumtozning noodatiy savollar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930