• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Yanvar » 30 » Lola Karimova otasining qabriga nima sabab borolmayotganini aytdi
20:06
Lola Karimova otasining qabriga nima sabab borolmayotganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayot bo‘lganda, qutlug‘ 80 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.
 
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval, Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochilish marosimi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, "Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga otasining tushgan suratini joylashtirib, unga atalgan iliq xotiralarini yozib qoldirdi."Sizni yana tushimda ko‘rdim. Tushlarimga juda ko‘p kirasiz va ba'zida siz hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek yelkangizdan quchib yuzingizdan o‘pib qo‘ygandek, taftingizni his qilgandek uyg‘onib ketaman. Men sizni juda ham sog‘indim... Bir yil oldin sizning idorangizda bo‘lganimda, men ish stolingiz ustidagi qo‘lyozmalaringizni olib, o‘z stol javonimga solib qo‘ygandim. Kuni kecha qizalog‘im Safiya (u olti yoshga kirdi va judayam sizga o‘xshaydi), o‘sha javonni ochgan edi, ko‘z yoshlarimizni tiyib turolmadik... qizcham boshini ko‘targisi kelmas, chunki ko‘zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi... keyin esa ozgina vaqt o‘tib, u ko‘z yoshi aralash sukunatni yengishga harakat qilib, menga boqdida: "Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutayaptilar”, dedi.
 
Ba'zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz –farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz.
 
Men sizni yana tushimda ko‘rdim... bu tush emas misoli chin edi... hayotsiz deb o‘yladim... men o‘ngimda sizning yuzingizga tega olmasamda, ammo qalblarimiz ruhan bir biri bilan so‘zlashayotgandek, sizni ko‘ra olmasamda yonimda turib, meni tubdan kuzatayotgandeksiz, nazarimda... men buni his qilayapman, men buni bilaman...”
Категория: Har-Hil | Просмотров:1370 | Добавил: Admin | Теги: Lola Karimova otasining qabriga nim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031