• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 28 » Koronavirus bo‘yicha yangi xushxabar bor
14:00
Koronavirus bo‘yicha yangi xushxabar bor

Dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 9 985 425 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 498 908 nafarga yetdi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq ko‘ngilni g‘ash qiluvchi xabarlar orasida yaxshilari ham yo‘q emas. Gap shundaki, yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasidan 5 million 55 610 kishi sog‘aydi. Bu esa koronavirusga chalingan dunyo aholining yarmidan ko‘pi sog‘ayganini anglatadi.

Dunyo miqyosida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib borayotgan mamlakatlarda sog‘ayish bo‘yicha raqamlar ham yuqorilamoqda. 

Bu borada Yevropa mamlakatlaridan Germaniya butun dunyoga o‘rnak bo‘la oladi. Mamlakat koronavirusga chalinish bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, ayni vaqtda sog‘ayish bo‘yicha yuqori o‘rinlarni zabt etmoqda. Mamlakatda 194693 kishi koronavirusga chalingan. 
Bemorlarning 177 518 nafari yoki 91 %i kasallikni ortda qoldirgan. Kasallanganlarning 8968 nafari yoki 4 %i vafot etgan. Ayni vaqtda 
Germaniyada 8807 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Turkiya ham yuqori o‘rinlarni qayd etmoqda. Mamlakatda kasallanganlar 195 883 nafarga yetdi. Ulardan 169 182 nafari yoki 86 %i sog‘aygan. 5082 kishi yoki kasallanganlarning 2 %i vafot etgan. 21 619 kishining davolanishi davom etmoqda. 
220 180 kishi kasallangan Eronda ham sog‘ayish foizlari yuqori. Mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlarning 180 661 nafari yoki 82 %i sog‘aygan. 10 364 kishi yoki kasallarning 4 %i vafot etgan. 29 155 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Italiyada ham vaziyat o‘nglanib bormoqda. Mamlakatda kasallanganlar soni 240 136 nafarga yetdi. Ularning 188 584 nafari yoki 78 %i sog‘aygan. 34 716 kishi yoki bemorlarning 14 %i vafot etgan. Mamlakatda 16 836 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Koronavirusning "muallifi” bo‘lgan Xitoyda esa vaziyat allaqachon o‘nglanib bo‘lgan. Mamlakatda 84 743 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 79 591 nafari yoki 93 %i sog‘aygan. Vafot etganlar 4641 nafarni tashkil etmoqda. Xitoyda kasallikdan davolanishi davom etayotgan 511 kishi qolgan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:416 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь