Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 182
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 46
Гостей: 45
Пользователи 1
moderator
Perhatsabirov
kamolrauf
r123456789r
Mahri
Sitorabonu
Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Key-Liga. Aliboyevning “Seul”i mag‘lubiyatli seriyaga yakun yasadi. Tursunov va Iskandarov jamoalari o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakun to
19:51
Key-Liga. Aliboyevning “Seul”i mag‘lubiyatli seriyaga yakun yasadi. Tursunov va Iskandarov jamoalari o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakun to

Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan 27-iyun, shanba kungi ikki o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

"Pusan Ay Park” jamoasi o‘z uyida "Sonnam”ni qabul qildi.  Uchrashuvning 9-daqiqasida pusanliklar himoyachisi Pak Jun Gan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar biri kishi kam bo‘lib qoldi.

69-daqiqada Romulo Pasheko uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 82-daqiqaga kelib sonnamliklar 9 o‘yinchi bo‘lib qoldi: bu safar Li Chhan Yon qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan vaqtda maydon egalari sondagi ustunlikdan foydalana olmadi va o‘yin durang bilan yakun topdi.

Uchrashuvda Doston Tursunov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Jamshid Iskandarov 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Parallel kechgan bahsda "Seul” o‘z uyida "Inchhon Yunayted”ni qabul qildi. Autsayderlar o‘rtasidagi bahs taqdirini 63-daqiqada Yun Ju Te tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.

Shu tariqa Ikrom Aliboyev jamoasi o‘zining besh o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Mazkur o‘yinda Aliboyev to‘liq harakat qildi.

Key-Liga

9-tur bahslari

27-iyun, shanba

"Pusan Ay Park” — "Sonnam” 1:1

Gollar: 0:1 – 9 Pak Jun Gan, 1:1 – 69 Romulo

"Pusan Ay Park”: Kim Ho Jun, Pak Jun Gan, Kim Mun Hvan, Kan Min Su, Tursunov, Li Don Jun, Romulo, Li Gyu Son, Kvon Hyok Kyu (Pak Kvan U, 56), Kim Byon O (Pak Ho Yon, 46), Li Jon Hyop.

"Sonnam”: Kim Yon Gvan, Yon Je Un, Chhve Ji Muk, Li Te Hi, Yu In Su, Pak Te Jun, Iskandarov (Na San Ho, 78), Li Chhan Yon, Kim Don Hyon, Chhve Byon Chhan (An Yon Gyu, 46), Yan Don Hyon.

Ogohlantirishlar: Chhve Ji Muk (28), Kim Don Hyon (37), Kan Min Su (76),

Chetlatishlar: Chhve Ji Muk (45+2), Li Chhan Yon (82).

"Seul” — "Inchhon Yunayted” 1:0

Gol: 1:0 – 63 Yun Ju Te.

Amalga oshirilmagan penalti: Li U Hyok (44), Pak Chu Yon (61)

"Seul”: Yu San Hun, Barba, Kim Ju Son, Hvan Hyon Su, Yun Yon Son, Aliboyev, Ko Kvan Min, Han Shin Gyu, Ko Yo Han, Pak Chu Yon, Adriano (Yun Ju Te, 46).

"Inchhon Yunayted”: Jon San, Yan Jun A, Kan Yun Gu, Jon Don Yun, Li Je Son, Ji On Hak, Mahazi, Kim Ho Nam, Li Ho Sok, Li U Hyok, Li Jun Sok.

Ogohlantirishlar: Aliboyev (39), Han Shin Gyu (54), Yun Yon San (58), Son Shi U (76).
Категория: Har-Hil | Просмотров:13 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Кино премьера
Поиск
Калькулятор
Календарь