• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 15 » «Kelgin, yor, «telegram»lashmaylik!»
10:29
«Kelgin, yor, «telegram»lashmaylik!»

Zamonasiga ham hayron qolasan kishi. Kechagina «agent»im bor desangiz, sizga ko‘zlarini katta-katta ochib qaraydigan odamlar bugun «telegram»da qo‘nim topgan. Ishonmaysizmi, siz ham bir kirib ko‘ring. Og‘zingizni ochib, yoqangizni ushlamasangiz, «telegram»imni qaytadan yoqtiraman…

 

Aslida men faqirga bu «bog‘u bo‘ston»da ne bor edi, bilmayman. Tasodifan, bilmasdan, bir adashib kirib qoldim-da. Kirdim-u, bu «chamanzor»da boshginam aylanib ketdi. Hammasiga o‘zi Jo‘raqul aybdor. Bir kuni «SMS» jo‘natib yuboribdi: «"Galaxy”im bor deysan, ajab-ajab, Nega «telegram»ga kirmaysan, ajab-ajab?» deb. Men ajabalanib o‘tirmadim, «bor baraka» deya, shu zormandani ham yoqdim. Juda qulay ekan.

Kim kerak bo‘lsa, hamma shu yerda. Masalan, ishxonamizdagi oshpazdan tortib, kotibagacha…

Tushlik payti «Oshxonamizda nima ekan-a?» deb bosh qotirib o‘tirmaysiz, darrovgina «telegram»ga kirasiz. Ovqat menyusi oshxonachi xolaning (buvi desa ham bo‘laveradi, yetmishlarga yaqinlashib qolgan) statusida yarqirab turadi: makaron sho‘rva, makaron qovurdoq, makarondan dimlama…

«Rahbarning kayfiyati qanday ekan, mehnat ta'tili olish masalasida huzuriga kirsam», deya bosh qotirib o‘tirmaysiz, «telegram»ga tashrif buyursangiz, kotibadan hammasini bilib olasiz. Yo‘q, o‘zidan so‘rab, «g‘iybat qilish» shartmas. Statuslari gapiradi bu haqda. Masalan, «Ertalabdan kayfiyatingizni kimdir tushirsa, kun davomida ishingiz yurishmas ekan», deya yozilgan bo‘lsa, bilavering, bugun boshliq chap yoni bilan turgan.

Yana bilasizmi, qo‘lingiz bilan berib, oyog‘ingiz bilan ololmay yurgan qarzingizni undurishga yordam berarkan bu «jonimizning oro»si. Yerning tagiga kirib ketgandek dam-daraksiz yo‘qolgan, telefonini ko‘tarmaydigan «do‘st»ingizni ham «telegram» orqali nishonga olaverasiz-da…

Yana «gruppa»lar ham ayni muddao. Sinfdoshlar bormi, choyxonachilar bormi, ishxonadagilarmi, o‘zlaricha guruh tuzib olishgan. Hamma gapni birga ochiqchasiga muhokama qilaverasiz-da! Bu yog‘i sirlar oshkor bo‘lib, munosabatlar «mustahkamlanib» boraverarkan…

Xullas, hammasi mening foydamga bo‘layotgandi. Hyech zarar ko‘rmayotgandik. Ammo, ming taassuflar bo‘lsinki, xonim afandimizning ham ko‘ngli «telegram»ni tusab qoldi. «Qani, juda boshingizni ko‘tara olmay qoldingiz, biz ham bir ko‘raylik...» desa bo‘ladimi? Nailoj, iltimosnoma buyrug‘ini rad etolmadik. Qo‘rqadigan joyim bo‘lmasa, axir?! To‘g‘ri yursam, «telegram»da hech kimga gap otmasam, nimadan qo‘rqaman, ayting, birodarlar?!

Ammo xotin akaning qo‘rqitgani ming marta durust ekan. Ha, bir oy ichida bunga amin bo‘ldim. Bu baloi azim unga yoqib qolsa deng. Naq yigirma to‘rt soat «yoniq»lar. Izlagan odam «telegram»dan bir zumda topib oladi. «Dugonalar, bormisiz?», «Xolamning qizlari», «Gapchilarning gapi», «Erlarimizdan yashirganlarimiz» kabi o‘nlab «gruppa»larga a'zo. O‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lsa, mayliga edi... Har soatda bitta rasm, o‘nta gap yozib jo‘natib turadilar. Mana, oddiy, ammo mening qon bosimimni oshiradigan xabarlar: «Dadasi, kechki ovqatga nima qilsam ekan?», «Dadajonisi, kechki ovqatga dimlama pishirsam-chi?», «Dimlamaning kartoshkasini shunaqa qilib to‘g‘rasam, nima deysiz?» (to‘g‘ralgan kartoshka surati bilan), «tuzini ko‘rayapman taomni» (yana rasm), «Ovqat tayyor» (yana surat). Xullas kalom, bu yog‘i qulog‘im qo‘ng‘iroqlardan tinchib, ko‘zim xabarlardan ola-kula bo‘lib ketaveradi. Go‘yoki kundalik gap-so‘zlardan meni baxobar qilib turadilar. Bir nima desangiz, «Sizdan nima ketdi, axir bu bechoraga qanchagina pul sarflardik? Arzon va qulay bo‘lsa…» deydi ko‘zlarini pirpiratib. Gap pulda emas, dilda xotinjon degim keladi-yu, yana «Dardini bergan davosini ham berar», deb arqonni uzun tashlayman. Ammo uzun tashlangan arqon bir kuni uzildi. Arqon-ku, mayli, rishtalar ham uzilay deb qolsa, deng. Pichoq kelib suyakka qadaldi. «Atrofingda men sarson, Chiqolmaysan «telegram»dan» deb kuylavordim ham oxiri. Axir, bu hayotda, mening yonimda, uyimizda yashayotgani yo‘q. U «telegram»da umr kechirayapti, nafas olayapti. Tuyg‘ularini ham bir parcha temir orqali «status»lariga bitib qo‘yadi. Yonidagi pahlavonga esa e'tibor berish yo‘q. Kiyimlar yuvilmagan, tugmalar qadalmagan, piyozlar kuyib ketgan, yurak esa toshdek qotgan. Men ham o‘ylay-o‘ylay yo‘lini topdim. Ikkimizning ham telefonimizdan «telegram»ni o‘chirib tashladim. Avvaliga ancha arazlab yurdi, qaytadan o‘rnatib olmoqchi edi, chil dildan iltimos qildim:  «Kel, yarashaylik, chaqchaqlashaylik, ammo «telegram»lashmaylik». Hozircha, iltimos o‘z kuchida. Ishqilib, hammasi orqada qolgani rost bo‘lsin!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1347 | Добавил: Admin | Теги: «Келгин, ёр, «телеграм»лашмайлик!» | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031