• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 53
Гостей: 53
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Mart » 26 » JSST rahbari fuqarolarni faqat izolyatsiya qilish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi
10:22
JSST rahbari fuqarolarni faqat izolyatsiya qilish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifingda fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiyalashi va harakatlarning cheklanishi koronavirus pandemiyasini butkul yengishga yordam bermasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi chora-tadbirlar kasallikning tarqalishiga qarshi kurash yo‘lida vaqtdan yutish imkonini beradi, ammo insonlar hayotini saqlab qolish uchun bu yetarli emas. "Siz imkoniyatlar oynasini yaratdingiz. Biroq masala undan qanday foydalanishingizda”, — deydi JSST rahbari.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda olg‘a siljishning oltita usuli mavjud. Birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va kasallik bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini tayyorlash zarur. Shuningdek, infeksiyani yuqtirib olgan barchani aniqlash va koronavirusni aniqlovchi testlar sonini ko‘paytirish kerak.

Shuningdek, Gebreyesus bemorlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha shifoxonalar tayyorlash, kasallarning barcha aloqalarini kuzatish va barcha kuchni koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirish lozimligini ma’lum qildi.

"Bu kabi choralar virus tarqalishining oldini olibgina qolmay, barcha cheklovlar olib tashlangandan so‘ng ham epidemiyaning qayta tarqalishi oldini oladi”, — deydi JSST rahbari.

Hozirda dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshib ketdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha yuqori beshlikdan Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya va Germaniya joy olgan. AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha 52 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 677 kishi vafot etgan. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 kishiga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031