• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1370
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 165
Гостей: 165
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Yanvar » 28 » JSST: Malayziyada aniqlangan Nipah virusi tufayli pandemiya yuzaga kelishi mumkin
14:12
JSST: Malayziyada aniqlangan Nipah virusi tufayli pandemiya yuzaga kelishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1999-yilda Malayziyada aniqlangan Nipah (NiV) virusi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib "Korrespondent.net” xabar berdi.

NiV juda tez tarqaladi, virus oqibatidan o‘lim darajasi 40—75 foizni tashkil qilishi mumkin. Kasallik simptomlarsiz kechishi yoki o‘limga olib boradigan ensefalitni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasallikning davosi hali topilmagan.

Virus Nipax daryosi bo‘yida yashovchi cho‘chqaboqar fermerlar orasida aniqlangan va shu nom bilan atalgan. Yovvoyi tabiatda uning tashuvchilari — Janubiy Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya va Avstraliyada keng tarqalgan qo‘lqanotlilar turkumiga kiruvchi mevaxo‘r uchar tulkilardir. Bundan tashqari, virus Afrikadagi xuddi shu turdagi qo‘lqanotlilarda ham aniqlangan. Shunisi e’tiborliki, hayvonlarning o‘zi kasallanmaydi.

Infeksiyani odamlar kasal cho‘chqalar orqali, shuningdek, tanasida virus mavjud qo‘lqanotlilar tekkan mevalar (birinchi navbatda, xurmo, yangi xurmo va xurmo sharbati)ni iste’mol qilish natijasida yuqtirgani aniqlangan.

NiV’ning oldini olish uchun JSST xurmo va boshqa yangi oziq-ovqat mahsulotlarini mevaxo‘r qo‘lqanotlilardan saqlashni tavsiya qiladi. Yangi yig‘ilgan xurmo sharbatini qaynatish, mevalarni iste’moldan oldin yaxshilab tozalash kerak.

Virusning odamdan odamga yuqish xavfini kamaytirish uchun JSST NiV bilan kasallangan odamlardan uzoq yurish, qo‘llarni muntazam yuvish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

Avvalroq koronavirusning "britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlangani, Xitoyda koronavirus tarqalishining yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:502 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031