• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2023 » Oktyabr » 19 » Jizzaxda bir gektar yerdan 150 tonna piyoz hosili olindi
19:52
Jizzaxda bir gektar yerdan 150 tonna piyoz hosili olindi

Jizzax viloyati Zomin tumanida bir gektar yerdan 150 tonna piyoz hosili olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoda 4,5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda. Dunyo miqyosida piyoz yetishtirish bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Eron davlatlari yetakchi o‘rinni egallaydi.

O‘zbekistonda ham piyozning yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan, suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlar piyozdan yaxshi hosil olmoqda. 

Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi "Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil har gektar maydondan 150 tonnani tashkil etib, bu borada yangi rekord o‘rnatildi. 

"Bu yilgi natija bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q, keyingi yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan birgalikda gektaridan 160 tonna hosil olishni reja qilganmiz. Xudo xohlasa, keyingi 3 yilda hosilni yanada ko‘paytirib, gektaridan 200 tonnagacha hosil olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”, — deydi fermer Baxtiyor Mirzayev.
Категория: Har-Hil | Просмотров:230 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031