• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Oktyabr » 24 » Jinsiy aloqadan so‘ng darrov uxlab qolaman. Bu kasallik emasmi
14:24
Jinsiy aloqadan so‘ng darrov uxlab qolaman. Bu kasallik emasmi

Ayolim bilan jinsiy munosabatdan so‘ng darrov uxlab qolaman. Bu biror dard alomati emasmi?


Jinsiy yaqinlik ya’ni er-xotin duxulidan so‘ng bir pasda uxlab qolish ayrimlar uchun me’yor hisoblansa-da, goho kasallik belgisi ham bo‘lishi mumkin. Me’yoriy holat hisoblanadigan uyquchanlikka quyidagilar ham sabab bo‘ladi:

Erkaklar jinsan faol hisoblanadigan tunning birinchi yarmi bugungi kunga kelib bolalar tomonidan zabt etib ulgurilgan. Zero, Ibn Sino jinsiy munosabatda yo‘qotiladigan quvvat o‘rni to‘la qoplanishi uchun qovushish tunning birinchi yarmida bo‘lsagina tonggacha yana tetiklashib ulgurish mumkinligini ta’kidlagan. Zamonamiz bolalari esa televizor, dars, kompyuter kabilar bahonasida ota-onalar yaqinlashuvi imkonini deyarli yo‘qqa chiqarishmoqda.
"Tirikchilik quli” bo‘lgan aksari erkaklar ruhiy toliqishlar komida qolishgan. Uzzukun, tun yarmiga qadar davom etadigan yugur-yugurlar erkak quvvatining asl kushandasi hisoblanadi. Qolaversa, ayniqsa, qovushish rejalashtirilgan kunlarda ota-bobolar aslo tark etishmagan shifobaxsh kunduzgi uyquning ahamiyati deyarli unut bo‘lib ulgurildi.
Ishdagi zararli ta’sirotlar, oziqlanishdagi qusurli jihatlar ham o‘z salbiy ta’sirotini o‘tkazishi shubhasiz.
Yuqoridagi holatlarda uyquchanlikni keltirib chiqarayotgan sabablar aniqlanib o‘z vaqtida bartaraf etilsa bas, hammasi risoladagidek bo‘ladi.

Goho uyquchanlik "jinsiy ojizlik” belgisi sifatida ham yuzaga chiqishi kuzatiladi. Ammo bu xil "jinsiy ojizlik”da boshqa qator alomatlar ham paydo bo‘ladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

Jinsiy mayl ya’ni xohish pasayib erkakning qovushishga befarqroq bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Duxul paytida erkak a’zosining junbushga kelishi (taranglashuvi) birmuncha susayadi.
Jinsiy munosabat vaqti o‘ta qisqa muddat davom etadi (ayrimlarda esa aksincha yaqinlik payti keskin uzayib erkakni toliqtiradigan noxush darajaga kelib qoladi).
Maniyning otilib chiqish shiddatkorligi susayadi va lazzat hissi oldingilarga nisbatan yaxshi sezilmaydi.
Jinsiy aloqadan so‘ng keskin uyqu tortadi va erkakning o‘z ayoliga qaragisi ham kelmay qoladi va o‘zini majburlasa-da uzoq vaqt takroriy qovushishga yaramaydi.

Agar bu belgilar sezilsa, tezda mutaxassis shifokorga murojaat etilishi maqsadga muvofiq. Uyquchanlik jinsiy munosabat paytida qonga tushadigan biofaol moddalar – gormonlarning asab-ruhiy tizimdagi taranglashuvni yo‘qotishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:960 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031