• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 31 » Jinoyatga undagan qasos
10:03
Jinoyatga undagan qasos

Sadir qirq yillik umrining asosiy qismini panjara ortida o‘tkazgani uchunmi, har qalay turmushning kundalik tashvishlaridan anchayin yiroqlashib ketgan ekan. So‘nggi marotaba jazodan ozod qilingandan keyin ham kindik qoni to‘kilgan xonadonda bir kun bo‘lishga ulgurdi, xolos... "O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, deganlaridek, Sadirning yana eski kasali qo‘zg‘adi. Ko‘ngli "shayton suvi”dan ichib, dunyo tashvishlaridan forig‘ bo‘lishni istadi. Ulfatlari bilan guzarga chiqib, choyxonada osh qilishdi. Besh-olti shisha aroq ichildi. Sadirning kayfi taraq bo‘lib, o‘tmishdagi voqyealar xayolidan o‘ta boshladi. Dastavval, ko‘z oldiga go‘yoki bir paytlar unga yomonlik qilgan odamlar keldi. Ulardan biri Salim bobo edi. U oshnasi O‘ktamdan "Salim bobo tirikmi, yo‘qmi”, deb so‘radi.

— Ha, tirik, haliyam qabristonda qorovul. Tinchlikmi, nima uchun so‘rayapsan?!

— O‘zim, shunchaki...

— Bejizga so‘ramayapsan, shekilli. Salim boboda haliyam xusumating borga o‘xshaydi. Qo‘y, endi o‘tmishdagi gina-kuduratlarni unut, u kishi ham ancha keksayib qoldi.

— Menga aql o‘rgatma, nima qilishni o‘zim yaxshi bilaman. Xavotir olma, hech narsa bo‘lmaydi. Ular yana bir oz yayrashdi. Hamma uy-uyiga tarqalayotganda,  O‘ktam Sadirni ogohlantirdi.

—  Sadir, biron-bir ishkal chiqarib yurmagin, tag‘in.

To‘g‘ri uyingga bor, xo‘pmi!?

—  Bo‘pti, O‘ktam xotirjam bo‘l, - u shunday dedi-yu qo‘l siltab qo‘ydi.

  Oyog‘ini sudrab bosayotgan Sadir uyiga zo‘rg‘a yetib keldi. Oshxonadan pichoqni olib, Salim bobo bilan orani ochiq qilish uchun qabristonga shoshildi...

Sharpa

  Salim bobo 86 yoshda. Keksaligiga qaramasdan, suyagi mehnatda qolganligi bois, bo‘sh o‘tirgisi kelmaydi. Qishloq qabristonida qorovullik qiladi. Bugun ham odatdagiday tong sahardan qabriston sari yo‘l oldi, Kuni bilan mo‘ljallab qo‘ygan yumushlarini bajardi. Kech bo‘lib, ketishga taraddudlanib turgan ham ediki, darvoza tomondan kimningdir qorasi ko‘rindi. Kim bo‘ldi ekan kech bo‘lganda, deya o‘sha tomon yo‘naldi.

Tavqi la'nat

  ...Sadir birinchi marta qamalganda 20 yoshga to‘lgan navqiron yigit edi. Panjara ortida uning yuragini vahm bosdi, endi hayotim nima bo‘ladi, "qamalgan” degan tavqi la'natdan qachon qutulaman? Shunga o‘xshash chek-chegarasi yo‘q o‘ylar uni esankiratdi. Baxtga qarshi qamoqxonada ham, u yerdan chiqqandan keyin ham uning iztiroblarini tushunadigan, dardiga malham bo‘ladigan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan odam topilmadi. Yoshligidan, g‘o‘rligidan, bilagidagi kuchidan foydalanib qolishni mo‘ljallagan "mehribonlar” "hali ko‘rmaganday bo‘lib ketasan, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi", deya yelkasiga qoqqancha tasalli berishdi.

  G‘arazli manfaat, nafs balosi yo‘lida orttirgan hamtovoqlarining yo‘rig‘iga yurgan Sadirning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi marta "o‘tirib” chiqishiga to‘g‘ri keldi.

Yillar qasos o‘tini alangalatdi

Beshafqat vaqt, maqsadsiz o‘tgan yillar o‘z ishini qildi. Uning xulq-atvorini o‘zgartirib yubordi. Ming taassuflar bo‘lsinki, bir paytlar yuragini  oftob nuridek ilitgan va entiktirgan orzu-havaslari allaqachon so‘ngan. Vujudini allaqanday alamzadalik, o‘ch olish istagi egallab olgan. Hozir qarshisidan kelayotgan odamdan o‘ch olishi kerak. Keyin nima bo‘lsa bo‘lar...

Qabristondagi uchrashuv

—  Salom, boboy, kunu tun qabristonda yurasiz-u haliyam tirikligingizga hayronman.

  Qariya ovoz egasini tanidi-yu, gapidagi sovuq ohangni sezib, bir seskandi.

— Nega unday deysan, Sadir. Xudo bergan umrni yashab yuribman-da.

— Meni nima deyishim bilan ishingiz bo‘lmasin. Men yomon odamman. Shuning uchun ketma-ket o‘tirib chiqdim. Yana "zona”ga qaytgim kelyapti.

— O‘zing yaqinda chiqding. Bundan buyog‘iga ko‘pchilikning duosini olib, hayotingni o‘nglab olsang bo‘larmidi, bolam.

—  Nasihatingiz o‘zingizga siylov. Oxirgi marta qamalishimda siz sababchi bo‘lgansiz. Menga tuhmat qilgansiz. Endi menga baribir, yana qamalsam ham o‘chimni olaman.

Sadirning vajohatidan cholni qo‘rquv bosdi. O‘zini himoya qilishga urindi.   Ammo keksayib qolgan emasmi, qochib ketolmadi. Yirtqichning changaliga tushdi. Sadir cholni urib, do‘pposlay boshladi. Ammo baribir xumordan chiqmadi.   O‘zi bilan olib kelgan pichoqni cholga o‘qtaldi. Buni ko‘rgan Salim bobo tamoman o‘zining yo‘qotdi. U yalina boshladi:

— Men senga tuhmat qilmaganman. Senga notug‘ri aytishgan, bolam.

—  O‘zingni oqlashga urinma, bo¬boy. Boshimdan o‘tkazgan qiyinchiliklarim evaziga tovon to‘laysan.

Yalinayotgan ojiz odam qarshisida yanada vahshiylashgan Sadir pichoqni cholning ko‘kragiga sanchdi. Bu hol bir necha bor takrorlandi. Qo‘rquvdan nafasi bo‘g‘ziga tiqilganidanmi, qariya ovozini ham chiqarishga ulgurmadi. U yerga yuztuban yiqildi. Lahzalar ichida sodir bo‘lgan hodisadan Sadir gangib qoldi va zudlik bilan qabristondan g‘oyib bo‘ldi.

Kimdir achindi, kimdir afsusda, ammo qonun o‘z so‘zini aytdi...

Sadir qabristondan chiqqach, mahalladagi do‘konga kirib pivo ichdi. Sigaret olib chekarkan, sotuvchiga dedi:

— Sizdan qarz bo‘lib qoldim. Qarzimni qaytarolmasam rozi bo‘lasiz.

Sotuvchi Sadirning bu gapidan hayotning past-balandini ko‘rib bosilib qolibdi, insof bergani chin bo‘lsin, deb ichida xursand bo‘lgan bo‘lsa, keyingi so‘zlaridan hayrati oshdi.

—  Ertaga mahalladan eshitasiz. Salim boboni hozir o‘z qo‘lim bilan o‘ldirib kelyapman. Mana, qo‘limda qon izi ham bor.

Sadir shunday deb do‘kondan chiqib ketdi.

Qabristondagi qotillik haqida eshitganda, hamqishloqlarning hushi boshidan uchdi. Kimdir Salim boboning hayoti shu ta[lit yakun topganiga achindi. Kimdir yana qamaladigan bo‘libdi-da, deya umri yelga sovurilayotgan Sadir¬ning qilmishidan afsuslandi. Sud hukmi bilan Sadir umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

Ismatulla MAMANOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Toshkent viloyat sudining sudyasi.




Категория: Har-Hil | Просмотров:1777 | Добавил: Admin | Теги: Jinoyatga undagan qasos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь