• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 8 » JCH-2018: Jamoalarga qancha mukofot puli tegishi mumkin?
21:06
JCH-2018: Jamoalarga qancha mukofot puli tegishi mumkin?

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialda jamoalar faqat sovrinli o‘rinlar emas, balki moddiy rag‘bat uchun ham jon kuydiradi. Ya'ni har bir milliy terma futbolchilari FIFA belgilagan mukofot jamg‘armasidan imkon qadar ko‘proq undirish ilinjida bo‘ladi.
 
Qolaversa, milliy federatsiyalar tomonidan muayyan natija uchun va'da qilingan mukofot to‘lovi ham ularga qo‘shimcha motivatsiya beradi.
 
FIFA bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etuvchi 32 ta terma jamoani moddiy rag‘batlantirish uchun 400 million dollar mablag‘ ajratib qo‘ygan. Taqsimotga ko‘ra, har bir jamoa JCHda o‘ynagani evaziga 9,5 million dollar oladi – bu kafolatlangan qat'iy bonus.
 
Ushbu summani qanchalik ko‘paytirish esa ishtirokchi termalarning o‘ziga bog‘liq. Misol uchun, Rossiyada jahon kubogini yutgan jamoa 38 million yevro oladi (JCH-2014 g‘olibi Germaniya termasi Braziliyadan 35 "limon” bilan qaytgandi).
 
Demak, FIFA mukofot jamg‘armasini oshirish an'anasini davom ettirmoqda, deb yozadi "InterFutbol” nashri. Aytish joiz, xalqaro futbol uyushmasi ketma-ket 5 ta mundialdan buyon bonus miqdorini ko‘paytirmoqda.
 
Taqqoslash uchun aytilsa, 2002 yili umumiy fond "atigi” 154 million dollar edi. FIFA shuning barobarida 2010 yildan e'tiboran jahon forumiga futbolchi yuborgan klublarga ham o‘ziga xos "tovon” puli to‘lamoqda.
 
Xullas, JAR-2010da umumiy to‘lov miqdori 420 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Braziliya mundialida bu summa 564 "limon”ga yetdi. Bo‘lajak JCH uchun to‘lov miqdori – 791 million dollar:
 
400 million - mukofot jamg‘armasi
209 million - klublarga bazaviy kompensatsiya
 
134 million - futbolchilari JCH vaqti jarohatlangan klublarga to‘lov
 
48 million – yo‘llanma uchun qo‘shimcha bonus (1,5 milliondan).
 
FIFA mukofot jamg‘armasi taqsimoti
 
  JCH-2018 JCH-2014 Farq
Turnirga chiqqanlik uchun 1,5 1 +0,5
Guruh bosqichidagi ishtirok uchun 8 8 0
1/8 finaldagi ishtirok uchun 12 9 +3
1/4 finaldagi ishtirok uchun 16 14 +2
4-o‘rin uchun 22 18 +4
3-o‘rin uchun 24 20 +4
2-o‘rin uchun 28 25 +3
Chempionga 38 35 +3

Barcha summalar million yevro hisobida.
 
Ma'lumot o‘rnida, JCH-2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donu shaharlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1316 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930