• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 26 » Japarov qirg‘iz-o‘zbek orasini “Ozodlik” buzolmasligini aytdi
21:15
Japarov qirg‘iz-o‘zbek orasini “Ozodlik” buzolmasligini aytdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov "Ozodlik” radiosining qirg‘iz xizmati tomonidan tarqatilgan xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda u "Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Gap shundaki, oldinroq "Ozodlik” radiosi Xitoyning "Sinomash” xoldingi Kampirobod suv omboridan Farg‘onaga toza ichimlik suvi chiqarish loyihasini amalga oshirishni ko‘zlayotganini xabar qilgan. Aytilishicha, dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, kompaniya viloyatda ijtimoiy muassasalarni qurishi va rekonstruksiya qilishi rejalashtirilgan.

Sadir Japarov esa jurnalistlar "Kampirobod ilgari Qirg‘izistonga qarashli bo‘lgan”, deya xabarda odamlarni chalg‘itishga uringanini aytgan.

"Ularni tuzatib bo‘lmaydi. Menimcha, boshliqlari ularga kuchli ko‘rsatmalar beryapti. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishidan ularga qanday foyda borligini bilmayman. "Ozodlik"ning xudbin niyatlari yaqqol ko‘rinib turibdi, ular qirg‘iz va o‘zbeklarni qoralash maqsadini ko‘zlagan”, degan Prezident.

Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston anchadan beri Kampirobodni 100 foiz nazorat qilib kelayotganini alohida ta’kidlagan.

"O‘tgan yili chegara va suv ombori masalasini bir vaqtning o‘zida hal qildik. Kelishuvga ko‘ra, hozirda tomonlar 50/50 resursni boshqaradi. Biz, qirg‘iz tomoni suvning 10 foizga yaqinidan foydalanamiz. Qolganlari esa 100 yildan beri O‘zbekistonga oqib ketadi. Yana 100 yil shunday bo‘ladi. Nega biz umumiy boshqaruvga keldik? Bu biz uchun katta yutuq. Birinchidan, biz suv sathining 900-gorizontdan oshmasligini nazorat qilamiz. Yerlarimiz suv ostida qolmasligi kerak. Ikkinchidan, sug‘orish davrida to‘g‘onimiz ostida joylashgan qishloqlar uchun yetarli miqdorda suv olishimiz kerak”, deydi u.

Sadir Japarovning ta’kidlashicha, Kampirobod Qirg‘iziston Respublikasidagi 3 ming 101 xonadonni suv bilan ta’minlaydi. Qolgan suv esa O‘zbekistonga ketadi.

"Ariq, quvur, havo orqali – suvning O‘zbekiston Respublikasiga borishining qanday farqi bor? Biz har bir harakatni tomonlarning kelishuviga binoan amalga oshiramiz. Kelgusida qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi mustahkam bo‘ladi. Uni Xudodan boshqa hech kim buzolmaydi. Shunday ekan, Alloh taolodan tinchlik so‘rashimiz kerak. "Ozodlik" kabi ommaviy axborot vositalarining provokatsiyalariga berilmasligimiz kerak”, deya xulosa qilgan Japarov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:114 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930