• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Jahon banki granti asosida Toshkentda yangi loyiha ishga tushiriladi
13:27
Jahon banki granti asosida Toshkentda yangi loyiha ishga tushiriladi

3-fevral kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Davron Hidoyatov Jahon bankining Rozanna Nitti boshchiligidagi shaharlashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ma’lum qilinicha, 24-fevraldan Jahon banki granti asosida Toshkentning rivojlanish barqarorligini o‘rganishga qaratilgan loyiha ishga tushiriladi. Mutaxassislar bir yil davomida Toshkent shahridagi o‘zgarish va yangilanishlar, imkoniyat va sharoitlarni o‘rganib, tahlil qilib, poytaxtni barqaror rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar borasida o‘z xulosalarini tayyorlaydi va shu asosda harakatlar strategiyasi ishlab chiqiladi.

Mazkur loyiha o‘z ichiga nafaqat konsalting, balki shaharning turli tuzilmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ko‘p sonli seminarlarni o‘tkazishni ham nazarda tutadi. Barcha ishlar shahar boshqarmalari va manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Ular ishtirokida toshkentlik mutaxassislarni o‘qitish, shahar infratuzilmasi va boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o‘rganish, megapolisni rivojlantirishning institutsional va ijtimoiy masalalarini ko‘rib chiqish kabi ishlar tashkil etiladi. Ishning natijasida Jahon bankiga barqaror rivojlanish uchun muhim sohalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit ajratishga doir tavsiyalar beriladi.

Hokimlik vakillari o‘z navbatida shaharning o‘sishi va undagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni inobatga olgan holda investorlarni jalb qilish hamda investitsiya va kreditlarni jalb qilish uchun eng aniq yo‘nalishlarni belgilab berilishiga umid bildirdi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davron Hidoyatov ijtimoiy sohani o‘rganish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish taklifini ilgari surgan. Rozanna Nitti esa ushbu taklifni ma’qullab, o‘rganilayotgan muammolar doirasida aynan ijtimoiy soha chuqur tahlil qilinishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Jahon bankining vakillari bilan uchrashuv jarayonida Davron Hidoyatov Olma-otada urbanizatsiya mavzusida o‘tkaziladigan anjumanda ma’ruza bilan ishtirok uchun taklif etildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:483 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829