• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Noyabr » 22 » Italiyada Nigeriya mafiyasiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya davomida 40 kishi hibsga olindi
21:26
Italiyada Nigeriya mafiyasiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya davomida 40 kishi hibsga olindi
Italiya Moliya gvardiyasi noqonuniy migratsiya va fohishalikdan pul ishlab kelgan Nigeriya jinoiy guruhiga a’zo 40 kishini hibsga oldi. Bu haqda gvardiya ma’lumotlariga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Sardiniyaning Kalyari shahridagi Moliya gvardiyasi boshqarmasining 600 ga yaqin xodimi ushbu yirik operatsiyada ishtirok etgan. Qayd etilishicha, hibsga olish ishlari va tintuvlar Italiyaning bir qator hududlarida o‘tkazilgan.

"Pul yuvish, noqonuniy migratsiyaga yordam berish, odam savdosi, odamlarni qulga aylantirish hamda fohisha sifatida foydalanish bilan shug‘ullanuvchi Nigeriya jinoiy tashkiloti tugatildi”, — deyiladi xabarda. Hibsga olinganlardan tashqari, shaxs erkinligiga qarshi xalqaro miqyosdagi jinoyatlarga aloqador bo‘lgan "keng tarmoq”ning ko‘plab a’zolari ustidan ham tergov olib borilmoqda, bunday jinoyatlar ayblovni og‘irlashtiruvchi omil hisoblanadi.

Operatsiya tafsilotlari mafiya va terrorizm bo‘yicha milliy prokuror Federiko Kafiero de Rao ishtirokida Rimda bo‘lib o‘tadigan maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilinadi.

Avvalroq Italiyada mafiya guruhlariga qarshi so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik sud jarayonida Kalabriyadagi "Ndragenta” jinoiy tashkilotining 70 nafar a’zosiga hukm o‘qilgandi.

6-noyabr kungi sud majlisida 91 nafar ayblanuvchi ishtirok etgan. Natijada ularning 21 nafari aybsiz deb topilgan, qolganlari 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan. Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mazkur jarayon davomida 355 kishiga — "Ndrangeta” mafiya guruhining a’zolari, shuningdek, ularning sheriklari deya taxmin qilingan shaxslarga ayblov e’lon qilingan. Ular orasida siyosatchilar va politsiya xodimlari ham bor. Gap qotillik, bosqinchilik, giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish va xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar haqida ketmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:354 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930