Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi.
Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo`libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni tetiklashtirib, kayfiyatni ko`taradi. Tanadagi xolesterin miqdorini pasaytiradi. Shuning uchun choyxo`r kishilarni yurak xastaliklari bezovta qilmaydi.
Mutaxassislar ta`kidlashicha, kuniga 0,5 litr va 1 litr choy ichish me`yor hisoblashadi. Ammo issiq kunlarda va organizm talab qilgan vaqtlarda 2 litr choy ichish ziyonga xizmat qilmaydi.
Ko`pgina ayollarning "choy kishini qaritadi va xotirani susaytiradi”, degan "vahimali” farazlari bor. Ammo bu qo`rquvlar o`rinsiz. Chunki choy insonni yoshartirish xususiyatiga ega. Yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilab, miya faoliyatini analiz qilish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun u kishi xotirasini teranlashtirib, fikrlash doirasini yaxshilaydi.
Uyquni qochiruvchi ichimlik sifatida ko`pchilik kofeni bilishadi, ammo xushbo`y va shirin choylar ham uyqusizlikka yaxshi da`vo. Shuning uchun kechqurun miriqib uxlashni xohlasangiz, yotishdan oldin aslo hidli va xushbo`y choylarni ichmang. Uning o`rniga ko`kat va o`simliklardan tayyorlangan damlama iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu ichimlikning ham zararli tomonlari bor. Ayniqsa, uni issiq holatda iste`mol qilish burun-halqum tomirlariga ziyon etkazib, tilning atrofi yallig`lanishiga va ta`m sezish qobiliyatini susaytirishga olib keladi.
Choyni aslo ovqat bilan birga va undan keyin darhol iste`mol qilmaslik kerak. Yo`qsa, kishida temir moddasining kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun choy tamaddidan 20-25 daqiqa keyin ichilishi kerak.
Oftobda, 30-40 S0 issiq haroratda ko`p yursa, burni qonab aziyat eyishini bilgan kishi aksiga olib 70-90 gradusdagi choyni o`ylanmasdan ichadi. Oqibatda undan chiqayotgan bug` burundan qon kelish asoratini olib kelishi haqida o`ylamaydi.
"Choyni achchiq qilib damlab ichsam, bosh og`rig`im qoladi”, deb o`ylagan kishilar qattiq yanglishadi. Undan faqat tishlar zararlanib, suyakda ftor to`planib qoladi, bu esa ularning mo`rtlashishiga olib keladi. Natijada, sal nojo`ya harakatdan ham kishi suyaklariga darz ketishi mumkin.
Tarkibida kofein miqdori bo`lganligi uchun uch yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi. Birinchidan uning belgilab qo`yilgan uyqu faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatsa, ikkinchidan, bo`y o`sishi va harakat tezligiga salbiy ta`sir etadi.
Shu o`rinda choy haqida gap borar ekan, yurtimiz choyxo`r mamlakatlar reytingida aholisining 99,6 foizi choyni xush ko`rishi bilan birinchi o`rinni egallaganini aytib o`tish kerak. Keyingi o`rinlarda esa Keni 99,2 foiz, Ozarbayjon 99,1 foiz, Pokiston 99 foiz, Xitoy 98,9 foiz aholisi choyni sevib iste`mol qiladi.