• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 1 » Intervyu: Shahram G‘iyosov g‘iybatchilarga javob berdi
18:45
Intervyu: Shahram G‘iyosov g‘iybatchilarga javob berdi


Avvalroq, Rio 2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov qabulida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
 
Uchrashuvda MOQ rahbari Shahramni 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ko‘rmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
 
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng Shahram G‘iyosov eksklyuziv intervyu berib, kelgusidagi rejalari va ayrim savollarga javob berdi.
 
– Ayni paytda O‘zbekistonda sportchilarga e'tibor kuchaygan. Biz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘z navbatida menga ham zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi. Rahbariyat sportchilarimizni yangi darajaga ko‘tarish niyatida. Bundan juda xursandmiz. Chunki bunday e'tibor har doim ham bo‘lavermagan. Endi biz shunga yarasha mehnat qilamiz.
 
Ortimizda butun o‘zbek xalqi turganini sezib turamiz. Bu bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Uchrashuv davomida Umid Mahamadjonovich rag‘bat haqida gapirib o‘tdilar. Endi natija qay darajada yuqori bo‘lsa, rag‘bat ham shunga yarasha bo‘lar ekan.
 
– Odatda bokschilar professional ringga o‘tganidan so‘ng ko‘pchilikni nazaridan chetda qoladiganidek tasavvur uyg‘onadi. Masalan, havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari yoki jahon chempionatlarida muvaffaqiyatga erishgan sportchilar doimo mutaxassislar, muxlislar va OAVning diqqat markazda turadi. Barcha ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, professional boksga o‘tganidan so‘ng "u ko‘proq pul topish maqsadida horijga ketdi” degan turli xil gap-so‘z, g‘iybatlar paydo bo‘ladi. Bugun Umid Mahamadjonovich bilan uchrashgandan so‘ng bu borada qarashlar o‘zgarganini sezdingizmi?
 
– Ha, o‘zgarishlar katta. Biz professional boksga o‘tdik. Bilasiz, barcha joyda daraja, saviya turlicha. Masalan, men Jahon va Osiyo chempioni bo‘ldim, Olimpiadada kumush medal sohibiga aylandim. Xudoga shukr, havaskor boksda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha medallarga sazovor bo‘ldim. O‘z maqsadimga erishganimdan so‘ng menga yangi chaqiruvlar, yangi marralar kerak edi.
 
Bungacha professional boksda O‘zbekistondan mutloq jahon chempioni chiqmagan. Men aynan shuni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Shukrki, o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarimga birma-bir erishib kelyapman. Navbatdagi maqsadim – professional boksda O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘tarib, mutloq jahon chempioni bo‘lish.
 
Avvallari, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonni Pokiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlar bilan adashtirishardi. Hozir esa AQSHda o‘zbek ekanligimni ko‘rib, menga qarab "Rio de-Janeyro?” deyishyapti. Men ham buni tasdiqlayman. Riodagi natijalarimiz sabab bizni shu tarzda taniy boshlashdi. Endi O‘zbekiston deganda kuchli-kuchli sportchilar, mutloq jahon chempionlari bor mamlakatni bilishsin.
 
– Bugungi uchrashuvda, MOQ rahbari sizni Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga taklif qildi. Shahsan o‘zingizda yana bir marta Olimpiadada ishtirok etib, endi kumush emas, oltin medalga ega chiqish orzusi bormi? Umuman bu taklifga qanday munosabat bildirasiz?
 
– Rostini aytsam, Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng darhol professional boksga o‘tish niyatim bor edi. Rioda kumush medalni qo‘lga kiritganimdan keyin, "Men mag‘lub bo‘ldim, endi jahon chempionatida oltin medal olishim kerak, keyin prof ringga o‘tsam bo‘ladi” degan qarorga keldim.
 
Navbatma-navbat Osiyo, keyin Jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandim. Umid aka bilan gaplashib, menda o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi, dalda, niyat paydo bo‘ldi. U kishi meni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
 
Endi AQSHda mahoratimni oshiraman. Bu taklif men uchun baxt desam ham bo‘ladi. Riodagi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng Toshkentga yetib kelganimizda yuzaga kelgan muhitni eslasam, yana bir marotaba Olimpiadada ishtirok etish niyati paydo bo‘lmoqda. Bundan juda xursand bo‘ldim va albatta taklifni bajonidil qabul qilaman.
 
– Bu promouterlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga mos keladimi?
 
– O‘zbekistondan ketishimdan oldin, MOQ va boks federatsiyasida Olimpiya o‘yinlarida mendan yana medal kutishlarini aytishdi. Shu sababli, professional shartnomamga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bandini kiritdim. Osiyo va Jahon chempionatida qatnasha olmayman. Ammo, Olimpiadaning litsenzion musobaqasida ringga chiqib, yo‘llanma qo‘lga kirita oladigan bo‘lsam, Tokioga borish imkoniyati menda bor.
 
– Kelgusi rejalar qanday?
 
– Endi 25 may kuni AQSHga yana jo‘nab ketaman. 3,5 yilga viza olib, iyul oyida navbatdagi jangimni o‘tkazaman. Hozircha raqibim noma'lum. Promouter, menejerlarim bilan navbatdagi raqiblarni ko‘rib chiqyapmiz. Bizda tanlash imkoniyati bor. Menga mos keladigan raqib izlanmoqda.
 
– Murodjon Ahmadaliyev bilan bir jamoadamisiz?
 
– Ha, ikkimizning menejerimiz va promouterimiz ham bir. Uning hisobida ayni paytda ikkita jangdan so‘ng ikkita g‘alaba bor. Takliflar ko‘p. Uchinchi jangimiz bir kunda o‘tkaziladi.
 
– Shahram, sizni ko‘rib xursand bo‘ldik. Faoliyatingizda sizga omad, g‘alaba va zafarlar tilab qolamiz. Albatta, o‘zingiz yuqorida aytib o‘tgan niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. Sog‘ bo‘ling!
 
Eslatib o‘tamiz, buxorolik bokschi Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini 22 aprel kuni vengriyalik Gabor Gorbikga qarshi o‘tkazib, raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1118 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь