• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 7 » Ilon muchal yilida tug'ilganlar
13:24
Ilon muchal yilida tug'ilganlar

1905, 1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013 yillarda tavallud topganlar
Ilon Sharq muchali solnomasida donolik, donishmandlik timsolidir. Ayrim sharq xalqlari esa ilonga sig'inadilar ham. Ko'hna Yaqin Sharq udumlarida, xususan, Ishtar-Astart (qadimgi suriyaliklar, finikiyaliklarning dostonlaridagi hosildor yer saxovati va sevgi ma'budi hisoblangan) ma'budi timsolida ilon shakli aks ettirilgan. Aynan ana shu timsol qadimgi yunonlarning Afrodita (qadimgi yunon mifologiyasidagi sevgi va go'zallik ma'budi) timsolidagi ma'budining shakllanish ta'sir ko'rsatgan. Qadimgi Xitoyda Ilon - juda ayyor, o'ta xavfli sanalgan bo'lsa ham, unga nisbatan hurmat bilan qaralgan Qadimgi Sharq xalqlarida ham ilonlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirilgan va ularning fe'l-atvorini oldindan payqash qiyin bo'lgan. Ilon muchal yilida tavallud topganlar kamgap, kamsuqum va tug'ma qobiliyatga, donishmandlikka, falsafiy qarashga ega bo'ladilar. Ularda kelgusida sodir bo'ladigan voqea-hodisalarni oldindan payqash qobiliyati ham yaxshi rivojlangan. Mazkur muchal yilida tavallud topganlar orasida ko'plab ekstrasenslar uchrashi ham bejiz emas. Agar ushbu muchal ostida tug'ilganlar yaxshi ma'lumot olsalar, kelajakda ulardan yetuk shaxslar, avliyosifat kishilar etishib chiqadi. Bunday shaxslar xalq orasida katta obro'-e'tiborga, hurmatga ega bo'ladi. Ular voqelikda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisalar to'g'risida ma'lumotlar, faktlardan, atrofdagilarning fikri va maslahatlaridan ko'ra ko'proq o'zlarining taassurotlari, sezgi va qarashlariga tayanib ish ko'radilar. Oilada ham, ish joyida ham ularning moliyaviy holati doimo havs qilgudek darajada bo'ladi. Ko'pincha ular dimog'dor va o'zini ko'zlovchi bo'ladilar. Ko'proq birovning ko'magisiz o'zlariga ishonib ish ko'radilar. Ilon muchalidagilar og'ir-vazmin bo'lib, o'zlarining hayotiy faoliyatlarini juda tinch va birovlar sezmaydigan darajada olib borishga harakat qiladilar. Hayotning ko'plab yumushlari, muammolarini hal etishda qat'iy va maqsad sari intiluvchandirlar. Doimo oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarini oxirigacha bajarishga intiladilar va albatta, unga erishadilar. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarida esa juda ham qayg'uradilar va o'z xatosini anglashga harakat qilib, yana va yana maqsad sari intiladilar. Hayotning ko'plab muammolari bo'yicha tezkor qaror qabul qila olmaydilar, balki muloxaza yuritib, og'ir-vazminlik bilan ish ko'rib, tezda harakat qilish qobiliyatiga ega. Tabiatda o'z o'ljasiga tashlangan ilonni ko'rganmisiz? Ular ana shunday tezkor «hamla» bilan o'z o'ljalariga ega bo'ladilar. Atrofdagilar buni hatto sezmay ham qolishadi. O'z maqsadlariga yetishlarida yerni ostin-ustun qilib yuborsalar ham baribir ko'zlagan maqsadiga yetadilar. Tashqi ko'rinishidan sipo, xotirjam bo'lsalarda, ichdan jo'shqindirlar. Juda xushbichim bo'lganliklari ko'p hollarda oilaviy mojarolarga sababchi bo'ladi. Ilondek tovlangan ayolga kim ham suqlanib qaramaydi, deysiz. Bundan esa uning turmush o'rtog'i albatta g'azablanadi va o'z juftini boshqalardan juda ham qizg'anadi va rashk qiladi. O'zlari ham rashkchidirlar. Bunday holatlar ilon muchalida tug'ilgan ayollarning oilaviy turmushida tez-tez sodir bo'lib turadi. Moddiy-iqtisodiy, moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga deyarli uchramaydilar. Pul, boylikning o'zi ularning ortidan «quvadi». Mazkur muchal egalari pulning «hidini» juda yaxshi sezadilar va ularga ega bo'lish yo'llarini yaxshi biladilar. Ularning bu boradagi yagona «illati» qarigan sari juda ham qurumsoq, xasis, ziqna bo'lib qoladilar. Qadimdan xalqimiz o'rtasida: «O'ngingda ko'rsang - yanch, tushingda ko'rsang - ganch», degan naql ayni ilonlar haqida aytilgan. Xalq o'rtasida yana shunday qarash borki, qayerda ilonlar uyasi bo'lsa, o'sha joyda oltin, xazina, boylik bo'ladi.

Ilon muchalidagi erkaklar: mazkur muchal yilida tug'ilgan erkaklar juda ham hissiyotli, yoqimli bo'lib, o'zlariga umr yo'ldosh tanlashda uzoq vaqt sarf qiladilar. Qizg'in va jo'shqin shaxsiy hayot kechirishib, bir kun kelib oila qurganlarida halovat topadilar. O'z tabiatlariga ko'ra, rashkchi ekanligi sababli ularning umr yo'ldoshlariga oson bo'lmaydi. Hazil-mutoyibaga ham moyilliklari bor. Ilon muchalidagi erkaklarda boshqalarni o'zlariga maftun qilib, sehrlab olish xususiyati mavjud. O'z «o'ljasini» juda tez yo'ldan ura oladilar. Mazkur muchal sohiblari tashqaridan qo'llab-quvvatlanishga o'rgangani sababli keyinchalik, ya'ni uni qo'llovchilar topilmay qolganda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun ular o'zlariga munosib umr yo'ldoshi tanlamoqlari joiz. U tanlagan ayol yoki qiz nafaqat muchal va burjlari bilan, balki ma'lumoti, moddiy ta'minlanganligi bilan ham mos kelmog'i lozim. Mazkur maslahatimizni mensimay, e'tiborga olmasalar, hayotda ko'p iztirob va zarbalarga duchor bo'ladilar.

Ilon muchalidagi ayol(qiz)lar: mazkur muchal sohibalari, g'ayriodatiy xususiyatlarga ega bo'lib, nozik ta'b, takrorlanmas tashqi qiyofaga ega bo'ladilar. Har doim do'stlari va hamfikrlari qurshovida bo'ladilar. Ilon muchalidagi ayol(qiz)lar har qanday erkakni o'zlariga rom qiladilar va Xudo bergan xususiyatlari ila maftun eta oladilar. Ularning qiziqish doirasi keng bo'lib, do'stlari va yaqinlariga aqlli maslahatlar bera oladilar. Tabiatan og'ir-vazmin, xotirjam bo'lib, shaxsiga bog'liq ishlarni o'zgalardan sir tutadilar. Shunisi e'tiborliki, Ilon muchalidagi ayol(qiz)lar, umr yo'ldoshini o'zlari tanlasalarda, ko'p holda, bu tanlov omadsiz bo'ladi. Bunday holda oilaga bog'lanib qolgan Ilon ayollar tashqaridan o'zlariga yupanch qidira boshlaydilar. Oilada, albatta, yetakchilik qilib, o'zlarini himoya qilish insktinkti hamda biror bahona bilan juftiga nisbatan «vishillab», zahrini ham sochib turadilar. O'zlari. o'rnatgan tartib-qoidaga xilof ish qilinsa, toqat qila olmaydilar.
Категория: Muchal va Burjlar | Просмотров:1448 | Добавил: Admin | Теги: Ilon muchal yilida tug'ilganlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930