• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 5 » Ijtimoiy dorixona ochish tartibi belgilandi
19:47
Ijtimoiy dorixona ochish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
 
Mazkur Nizomga muvofiq o‘z logotipiga ega bo‘lgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot ijtimoiy dorixona sifatida e'tirof qilinadi.
 
Ijtimoiy dorixona Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra tashkil qilinadi.
 
Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni joylashtirishning asosiy omillari hisoblanadi:
 
viloyat, tuman, shaharning ma'muriy-hududiy tuzilishi;
 
hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
 
ambulatoriya polikniklarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
 
ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5-10 kmdan kam bo‘lmagan masofada).
 
Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarning oilaviy poliknikalari va qishloq vrachlik punklarida joylashtiriladi.
 
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
 
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2390 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь