• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Sentyabr » 30 » Hayvonlar Sanashni Bilishadimi?
16:32
Hayvonlar Sanashni Bilishadimi?

Uy hayvonlarining ayrimlari o‘ziga yarasha fahm-farosatga ega ekanini bilamiz. Ammo tinib-tinchimagan olimlar buni ilmiy yo‘l bilan aniqlashganiga nima deysiz? Aniqrog‘i, ular ba’zi jonzotlarning sanay olish qobiliyatini tekshirib ko‘rishgan.

Kolumbiya universiteti tadqiqotchilarining kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, shimpanze beshgacha sanashni bilarkan. Masalan, sanashga o‘rgatilgan shimpanze, tadqiqotchi nechta so‘rasa, quti ichidan o‘shancha tayoqchani chiqarib beradi. Bir safarida qutiga to‘rttagina tayoqcha solib qo‘yishdi, tajribachi esa shimpanzedan beshtasini so‘radi. U bechora sal o‘ylab turdi-da, baribir yo‘lini topdi: tayoqchalardan bittasini sindirib ikkita qildi va so‘ralganidek beshta tayoqchani uzatdi! Qarang, maymun jonivor o‘zining aqlli ekanligini namoyish eta bilgan.

Umuman, odamsimon maymunlarning barcha turlari boshqa hayvonlarga nisbatan sal aqlliroq. Agar ularning oldiga miqdori turlicha bo‘lgan ikki to‘plam narsa qo‘yilsa, hech ikkilanmasdan miqdori ko‘proq bo‘lgan to‘plamni tanlashadi.
Ko‘plab biologik tajribalar o‘tkazgan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi: nafaqat maymunlar, balki itlar ham sanashni bilisharkan. Buni braziliyalik olimlar ilmiy tajriba yo‘li bilan isbot etdilar.

Amerikaning Arizona universiteti zoologi Iren Papperbergning aytishicha, uning to‘tiqushi sakkizgacha sanay bilarkan. Uning oldiga aralashtirib terib qo‘yilgan ko‘k va qizil kubiklardan aynan nechtasi ko‘k ekanini adashmasdan ayta olarkan. Shuningdek, bu aqlli qush to‘rt soni uchdan katta ekanini ham anglarkan.

Salamandralar oldida turgan ikkita trubadan bittasi ichiga ikkita, ikkinchisiga uchta meva solingan bo‘lsa, bu jonivor uchta mevali truba ichiga kirarkan.
Tajribalarga kaptarlar ham jalb etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ular oltigacha sanashni o‘rganganlar. Kaptarga bitta-bittadan don berishgan, har oltita mazali don izidan bitta achchig‘ini berib ko‘rishgan. Aqlli qush buni tezda payqab qolgan va har yettinchi donni yemasdan chetga surib qo‘yavergan.

Kanadalik zoolog Xenk Deyvis esa yumronqoziqning ham matematik qobiliyati borligini isbot etgan. Tajribalar davomida beshta shaffof (ichi ko‘rinadigan) kubik ichiga bittadan beshtagacha uzum solib qo‘yilgan, yumronqoziqni esa shulardan faqat ichida uchta uzumi borini tanlashga o‘rgatishgan.

Tadqiqotchi Remi Shoven hakkalarni sanashga o‘rgatish tajribalarini olib borgan. Buni qarangki, hakkalar nisbatan murakkabroq masalalarni yechishgayam qodir ekanlar. Maxsus o‘rgatilgan hakka oldiga qutichalar terib qo‘yilgan bo‘lib, ularning qopqoqlari turli ranglarda – qora, oq va yashil edi. Qushni shunga o‘rgatishganki, qora qopqoqni ochib, qutichadan ikkita donni, yashilidan uchta, oqidan esa to‘rtta donni sanab olib yegan.

Berlin universiteti olimlari esa asalarilar ham sanay olishini isbotladilar. Ularning yo‘liga qatorasiga to‘rtta bir xil ob’ektni terib qo‘yishdi, ulardan uchinchisi bilan to‘rtinchisining orasiga shirin yegulik joylashtirishdi. Aqlli hasharotlar ular ustidan uchib o‘tisharkan, uchta ob’ektdan so‘ng shirinlik borligini tezda eslab qolishdi.

Biologiya fanlari doktori Zorinoy laboratoriyasida esa qarg‘alar ustida tajriba o‘tkazildi. Aniqlanishicha, ular to‘rttagacha bo‘lgan sonlarni bir-biriga qo‘shish amalini bajara olarkanlar.

Shunaqa, atrofimizdagi tabiatning tabiiy aholisi vakillari ham ozmi-ko‘pmi matematik qobiliyatga ham ega ekanlar. Aslida esa hayvonlar nafaqat sanashni, balki qo‘shiq kuylash, raqsga tushish, gapirish va kulishni ham bilishadi. Ular haqida biz hozircha ko‘p narsa bilmaymiz, ammo tinib-tinchimagan olimlar jondorlarning turli qobiliyatlari ustida tajribalar olib borishdan to‘xtamayaptilar…

MUallif: Hamidbek Yusupov
Категория: Turfa olam | Просмотров:2569 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930