• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 9
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 26 » Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
16:29
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

COVID-19 koronavirusi epidemiyasi munosabati bilan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yig‘ilish o‘tkazib, unda Turkmaniston fuqarolarining sayyohlik, madaniy, sport va boshqa maqsadlar uchun chet elga tashriflarini nazorat qilishni, shuningdek, mamlakatga kiruvchi fuqarolarni tekshirish vazifasini topshirdi. Bu haqda TDH xabar bermoqda.

Unda bosh vazir o‘rinbosari, Kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda komissiya raisi Purli Og‘amurodov va sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vaziri Nurmuhammad Amannepesov ishtirok etgan.

Og‘amurodovning xabar berishicha, Turkmanistonga tashrif buyuruvchi chet elliklarga nazorat va karantin joriy etilgan bo‘lib, turkmanistonliklarning ushbu kasallik o‘chog‘i qayd etilgan mamlakatlarga chiqishi cheklangan.

Aeroportlarda, chegara hududlarida, dengiz, avtomobil va temir yo‘l yo‘llarida, sanitariya-karantin punktlari va bo‘limlarida tun-u kun navbatchilik va tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yuqtirish holatlari qayd etilgan mamlakatlardan kelgan fuqarolar "shifokorlar qat’iy nazorati ostida turibdi”.  Shuningdek, prezident topshirig‘iga ko‘ra, import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari ham qattiq nazoratdan o‘tkazilmoqda. Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirining so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.

Xabarda aytilishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining pandemiya xavfi bashorat qilingan ma’lumotlaridan kelib chiqib, xavfli infeksiyaga ishonchli to‘siq qo‘yish va turkmanistonliklarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun har qanday vaziyatga tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidlagan. Shu sababli profilaktika tadbirlarini kuchaytirish uchun tizimli ravishda tegishli nazoratni amalga oshirish kerakligini aytgan.

Avvalroq Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etgani haqida OAVlarda xabar tarqalgani, marhum haqidagi ma’lumotlar qat’iy sir saqlanayotgani xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:545 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829