Aktrisa Gulchehra Eshonqulova-Sharapova jurnalist Jasur Hamroyevning Facebook`dagi sahifasi muxlislari bilan orqali muloqot qildi. Muloqotda aktrisaning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov ham ishtirok etdi.
"Gulchehradagi mehr, uning har qanday vaziyatda ham taslim bo‘lmasligi mehrimni qozongan. Biz oxirigacha birga bo‘lishga ahd qilganmiz va taslim bo‘lmaymiz”, deydi Sharof Sharopov rafiqasining qaysi xislati unga manzur bo‘lgani haqida gapirar ekan.
"Biz nima sababdan birga bo‘ldik? Chunki bizning hayot borasidagi qarashlarimiz bir xil. Mening maqsadim ham ularning maqsadi ham oila qurish edi. Oila uchun kurashdik. Sevgi-muhabbat o‘z yo‘liga, lekin oilani hamma narsadan ustun qo‘ydik”,— deydi Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘ining so‘zlarini davom ettirar ekan."Onangizning Gulchehra Eshonqulovaga uylanganingizda qanday munosabat bildirgan edi? Hozirda sizning oilangizga ularning munosabatlari qanday?” degan savolga Sharof va Gulchehra quyidagicha javob berdi:
"Onam bilan munosabatimiz juda yaxshi. Insonning qalbiga yo‘l topa bilish kerak. Gulchehra onamning ko‘ngliga yo‘l topa olgan”, — deydi Sharof Sharapov.
"Qaynonam eng yaqin dugonam. Ko‘z tegmasin. Hozir Samarqandda qaynonam bilanman. Tojik tilini o‘rganyapman”,— deydi Gulchehra.
Shuningdek, Gulchehra turmush o‘rtog‘idagi hurmatga sazovor xislatlar haqida ham gapirib o‘tdi:
"Qizg‘anchiqligi, rashkchiligi, jiddiy, hayotda o‘z maqsadiga ega inson ekanligini hurmat qilaman”.Suhbat davomida aktrisaning ko‘p sonli muxlislari nima uchun keyingi paytlarda kinolarda ko‘rinmayotgani haqida so‘radi.
"Hozir men oilali insonman. Farzandim hali judayam kichkina. Ayni paytda uning tarbiyasi bilan bandman. Kelgusida turmush o‘rtog‘im bilan birga kinodagi faoliyatimni davom ettirish niyatidaman”, deb javob berdi Gulchehra Eshonqulova-Sharapova bu savollarga javoban.
Ma'lumot uchun, avvalroq Gulchehra va Sharof Sharapovlar 17 fevral kuni o‘g‘illari Amirbekka sunnat to‘yi qilishi haqida xabar bergan edik.