
Google kompaniyasi Pixel smartfonlari anonsidan keyin Daydream - virtual reallik dubulg'asi, Google Wi-Fi routeri, Chromecast Ultra TV-pristavkasi va Google Home'ning final versiyasini taqdim qildi. Bu haqida hi-tech.mail.ru'da ma`lum qilindi.DaydreamGoogle kompaniyasi Daydream platformasi uchun yangi virtual reallik dubulg'asini namoyish qildi. Pixel smartfoni bu VR-tizimni qo'llovchi ilk qurilmaga aylandi. Dubulg'a narhi - tahminan 79 dollar. Dubulg'a aksariyat smartfonlar uchun universal hisoblanadi. Virtual reallik interfeysini mahsus pul't orqali boshqarish mumkin bo'ladi. Chromecast UltraChromecast TV-pristavkasi yangilandi - uning yangi versiyasida Ultra modeli taqdim qilindi. Yangi model' 4K-videoni qo'llab-quvvatlaydi, u o'zining "o'tmishdosh"idan 1,8 barobar tezroq ishlaydi va Ethernet-ulanishga ega, televizorga HDMI orqali ulanadi. Bahosi - 69 dollar. Google Wi-FiKompaniya yangi Google Wi-Fi routerini namoyish qildi. Uni honadon bo'ylab Wi-Fi to'liq qamrab olishi uchun bir necha routerdan iborat mahsus massivda qo'llash mumkin. Bir qurilma qiymati - 129 dollar, uch qurilmadan iborat to'plam narhi esa - 299 dollar. Google HubKompaniya honadon uchun "aqlli" qurilmaning final versiyasini namoyish qildi. Hub'ga Google Assistant ovozli assistenti o'rnatildi, u bilan deyarli tirik odamdek muloqot qilish mumkin bo'ladi. Yordamchidan taom retsepti, gapni tarjima qilish, chiroqni yoki musiqani yoqish va boshqa ko'plab narsalarni bemalol so'rayverasiz. Masalan, unga "Hayrli kun" desangiz, u sizga vaqt, ob-havo, yo'llarning tirbandligi haqidagi ma`lumotlarni Yetkazadi. Google Hub buyruq kontekstini inobatga oladi.Uyda biryo'la bir necha Google Hub o'rnatish mumkin, shunda istagan honada yordamchi bilan muloqotga kirishaverasiz. U kompaniyaning boshqa qurilmalari va servislari bilan bog'langan, lekin boshqa kompaniyalar ham o'z dasturlarini unga kiritishlari mumkin. Masalan, agar sizda Chromecast bo'lsa, u holda Hub yordamida televizor yoki akustikani boshqarish mumkin bo'ladi - musiqani yoqish, YouTube'da video, fil'mlar, seriallar ko'rish. Bir Google Hub narhi - 129 dollar.