• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 16 » Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi
21:01
Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi

Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotila boshlandi. Uning asosini politsiya 2019-yilgi norozilik namoyishini tarqatib yuborishda ishlatgan qora qalampir ziravorlari tashkil etadi, deb xabar beradi Associated Press.

"Uning ta’mi xuddi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz kabi. Birinchi qoshiqdan so‘ng nafas olish qiyinlashadi. U rostan ham juda achchiq. Odamning tezda suv ichgisi keladi. Bu men his qilgan og‘riqlarni yodga soladi”, — deydi norozilik namoyishi ishtirokchisi Anita Vong.

Muzqaymoq do‘konining egasi Gonkongda o‘tkazilgan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini tan olgan.

"Biz odamlarga norozilik namoyishida ishtirok etaverish kerakligini yodga soluvchi va jo‘shqinlikni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydigan ta’mni yaratishni istadik”, — deydi Vong.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’mini yaratish uchun ko‘plab masalliqlarni tatib ko‘rishga to‘g‘ri kelgan, masalan, vasabi va xantal, biroq eng ma’quli qora qalampir bo‘lgan.

Gonkong hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishi vaqtida 16 mingdan ortiq ko‘zni yoshlantiruvchi o‘qlar otilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning avgust-sentabr oylarida ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab Gonkongda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan edi. Ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Keyinroq Gonkong ma’muriyati rahbariyati ushbu qonun loyihasini qaytarib olgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь