• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 291
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 29
Гостей: 29
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2022 » Yanvar » 28 » Germaniyada rossiyalik olim josuslikda ayblanmoqda
15:09
Germaniyada rossiyalik olim josuslikda ayblanmoqda

Germaniya prokuraturasi Bavariya universitetida ishlagan rossiyalik olimni josuslikda ayblamoqda, deb xabar beradi Deutsche Welle.

Germaniya rasmiylarining ta’kidlashicha, Ilnur N. ismli ayblanuvchi Rossiya Tashqi razvedka xizmatiga Ariane Yevropa kosmik raketalar dasturiga oid ma’lumotlarni bergan.

"Ilnur.N aerokosmik texnologiyalar sohasidagi tadqiqot loyihalariga, xususan, Ariane tashuvchi raketasi ustida olib borilayotgan ishlarning turli bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni topshirib kelgan”, — deyiladi bayonotda.

Mamlakat prokuraturasining ayblov hujjatlarida qayd etilishicha, olim va uning Tashqi razvedka xizmatidagi kuratori o‘rtasida muntazam uchrashuvlar bo‘lib turgan. Aniqlanishicha, ayblanuvchi 2019-yilning kuzidan buyon maxfiy ma’lumotlarni yig‘ib kelgan. Olim Ariane loyihasi bo‘yicha qanday ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani oshkor etilmagan.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, u Rossiya josuslik agentligiga ma’lumotlarni topshirgani evaziga jami 2,5 ming yevro pul olgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ilnur N. 2021-yilning 18-iyunida hibsga olingan. Bunga qadar esa Bavariyada fan va texnologiya professorining ilmiy assistenti sifatida ishlagan. Nemis prokuraturasi u ishlagan universitet nomini ma’lum qilmagan.

Ayblov xulosasi 9-dekabr kuni e’lon qilingan va Myunxen sudiga topshirilgan. Noqonuniy josuslik faoliyati to‘g‘risidagi moddaga ko‘ra, rossiyalik erkak besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Bolgariyada ikki nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib, Rossiyaga qaytarib yuborilgandi. Sofiyadagi Rossiya elchixonasi Bolgariya hukumatining navbatdagi asoslanmagan harakati Rossiya—Bolgariya o‘rtasidagi konstruktiv muloqotga xizmat qilmasligini qayd etgan. Elchixona Rossiya mazkur harakatlarga nisbatan javob qaytarish huquqiga ega ekanligini eslatib o‘tgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31