• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 16 » Germaniyada Alisher Usmonovga tegishli villalarni musodara qilishga chaqirishmoqda
15:19
Germaniyada Alisher Usmonovga tegishli villalarni musodara qilishga chaqirishmoqda

Germaniyaning "Yashillar” partiyasi Bavariyaning Rottax-Egern kommunasidagi Alisher Usmonovga aloqador villalarni musodara qilishga chaqirdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Mahalliy siyosatchi, "Yashillar” partiyasi va Rottax-Egern shahar kengashi a’zosi Tomas Tomashek rasmiylardan villalarni tortib olishni talab qilmoqda.

Mart oyi oxirida u villalar yaqinida 300 ga yaqin odamni to‘plab, norozilik namoyishini uyushtirgan edi.

Bizda bu oligarxlar bilan ma’naviy muammo bor. Menga ko‘pchilik: Shovqin qilmang, bu bizning ishimiz emas, deyishadi. Menimcha esa bu aynan bizning ishimiz, — deydi Tomashek.

Mahalliy hokimiyat va tadbirkorlar uning tashabbusiga qarshi. Rottach-Egern meri Kristian Kek faolni "jodugar ovi”da ayblab, Tomashekni aksiya o‘tkazishdan qaytarmoqchi bo‘ldi.

Tomashekning g‘oyasini shahar kengashining boshqa a’zolari ham qo‘llab-quvvatlamadi, ulardan biri Usmonovning arxitektori bo‘lib ishlagan.

Villalarni ta’mirlash bilan shug‘ullanadigan mahalliy usta Andreas Kitzeru turar joylarni musodara qilish g‘oyasini g‘ayritabiiy deb hisobladi.

Uning ta’kidlashicha, Usmonov har doim ehtiyotkor bo‘lgan va uning Ukrainadagi urushga hech qanday aloqasi yo‘q.

Rossiyalik milliarder Kitzerudan va yana bir qancha xodimlaridan 1 mln dollarga yaqin qarzdor, biroq sanksiyalar tufayli ularni to‘lay olmaydi.

Shu bilan birga, ba’zi mahalliy aholiga ko‘ra, oligarxlarni tanqid qiluvchilar ko‘pchilikning fikrini bildiradi, bu esa rasmiylar va biznes vakillari tomonidan e’tiborga olinmayapti.

Ularga ko‘ra, siyosatchilar va tadbirkorlar shaharning badavlat aholisiga xizmat ko‘rsatishdan naf ko‘rmoqda, qolganlari esa narxlarning kuchli oshishi tufayli shaharni tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Usmonovning matbuot xizmati Rottach-Egerndagi mulk bir necha yil oldin to‘liq shaffof va qonuniy tarzda oilaviy trastga o‘tkazilganini va tadbirkorning Ukrainadagi urushga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Birovning qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkini musodara qilishni talab qilish sof shaklda huquqiy nigilizmdir. Usmonov adolat qaror topib, unga nisbatan cheklovlar olib tashlanganidan keyin shaharga qaytishga umid qilmoqda, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Alisher Usmonovning "Dilbar” yaxtasi ekipaj xodimlarisiz qolgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:405 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031