• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 11 » G‘azab go‘zal hayot kechirishga halaqit bermasligi lozim
08:44
G‘azab go‘zal hayot kechirishga halaqit bermasligi lozim

G‘aOdatda jahl, g‘azabni deyarli barcha yomon illat deya qabul qiladi. Aslidachi? Ha, bu fikr bir tomondan to‘g‘ridir, lekin ba'zan buning aksi bo‘lishi ham mumkin.
 
Aslida agressiya insonning faolligini ko‘rsatuvchi omillardan biri. Bu orqali insonning quvvati sarflanadi. Agressiyasiz hech bir talabni qondirib bo‘lmaydi. Xorij mutaxassislari agressiya, g‘azabni to‘g‘ri yo‘naltirmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
 
Agressiya 3 xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
 
Kuchli g‘azab, qahr – kuchli jahl holati bo‘lib, nazorat qilib bo‘lmas darajaga yetadi.
 
Badjahllik, zarda –  ma'lum bir kishiga qaratilgan kuchli ruhiy holatni o‘zida aks ettiradi. Odatda birorta vaziyatga nisbatan reaksiya sifatida yuzaga keladi.
 
Achchiqlanish, g‘azab qo‘zishi –tushunarsiz vaziyatda biror kishiga nisbatan ko‘ngli sovush yoki umidlarning puchga chiqishi natijasida yuzaga keladi. Bunday turdagi agressiyaning tez-tez uchrashi keyinchalik yig‘loqilik, charchoq, uyqusizlik yoki aksincha, ko‘p uxlash kabi holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
 
YUqoridagi kabi g‘azab yuzaga kelishining psixologik sabablari quyidagicha:
 
Charchoq, surunkali uyqusizlik, xavotirlilik, qo‘rquv, stress, nizolar asab tizimini zo‘riqtiradi. Bunday holatda jahl chiqishi inson ichidagi energiyani chiqarib, ruhiy zo‘riqishni susaytiradi.
 
G‘azablanishning fiziologik sabablari:
 
Bu ochlik, organizmda mikroelementlar va vitaminlar yetishmasligi, turli dori vositalarining ta'siri, kofein, turli kasalliklar (masalan, qandli diabet, anemiya), uyqusizlik, depressiya, surunkali charchoq sindromi ham g‘azabni yuzaga keltiradi.
 
Ba'zi kasalliklar alomatlari kuzatlgan hollarda shifokorga murojaat etish maqsadga muvofiqdir.
 
Agressiya insonning go‘zal hayot kechirishiga halaqit bermasligi lozim. Psixologlar jahlni oson yengish usullari haqida ma'lum qilishdi. Ular quyidagicha:
 
Avvalo, qanday holatlarda va qanday vaziyatlarda kayfiyatingiz buzilishini aniqlang. Har kuni bu borada yozib qo‘yishga vaqt toping.
Sizni g‘azablantiruvchi har bir faktni alohida yozing. Keyin esa har bir vaziyatni bartaraf etish yo‘lini yozing.
Har kuni 20 daqiqa piyoda yurishga odatlaning. Sayr vaqtida g‘azab hissi so‘nadi.
Har kuni yarim soatgina o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Bu kitob o‘qish, raqsga tushish, rasmga tushish, futbol o‘ynash, televizor tomosha qilish va xatto, shunchaki bekorchilik ham bo‘lishi mumkin.
Shu yerda va xoziroq xotirjam bo‘lishni o‘rganing. Kayfiyatingiz o‘zgarayotganini sezishingiz bilan 10 daqiqalik tanaffus qiling. Bunday holda ko‘zni yumib, o‘zingiz istagan joyni tasavvur qiling. Bu joydagi ovozlar, ifor va ta'mni his qilishga harakat qiling.
Ovqatlanish ratsioningizdan gazli ichimliklar, alkogol, qahva, qora choyni chiqarib tashlang.
Imkon darajasida turli muolaja kurslariga boring.
O‘z hayotingizdagi eng yaxshi narsalarni qidiring. Hayotingiz sizga zavq olib kelishiga harakat qiling.
O‘zingiz bilan ro‘y bergan noxush holatni biror kishi bilan bo‘lishing.
O‘z oldingizga yoddan chiqarilishi lozim bo‘lgan vazifani tashlang. Mukammal bo‘lishdan voz keching. Boshqalar uchun namuna bo‘lish ko‘p kuch talab etadi, biroq huzur bag‘ishlamaydi.
Kun davomida kamida 15 daqiqa sukunatda dam olishga odatlaning.
O‘z vaqtida to‘yib uxlashga harakat qiling.
YUqori darajadagi surunkali charchoq holatida ta'til oling. Bunday holatda bir haftalik ta'til ham ijobiy natija beradi. Muhimi barcha muammolardan yiroqda bo‘lishingiz talab etiladi.
 
Odatda psixologlar g‘azab yuzaga kelish sababini aniqlashga harakat qiladilar. Inson ongli ravishda o‘z jahlini namoyon etish usulini nazorat qila olishi kerak. O‘z chegarasini aniqlashi lozim, ya'ni inson g‘azab orqali nimaga o‘z kuchini sarflayotganini va aksincha bu orqali nima qaytarib olishini o‘ylab ko‘rishining o‘za yetarlidir
Категория: Har-Hil | Просмотров:2051 | Добавил: Admin | Теги: Ғазаб гўзал ҳаёт кечиришга ҳалақит | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031