• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1897
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 50
Гостей: 50
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2016 » Sentyabr » 30 » Farzandlarimizni o‘zimiz yolg‘onchi qilib tarbiyalayotganimizni bilarmidingiz?
07:22
Farzandlarimizni o‘zimiz yolg‘onchi qilib tarbiyalayotganimizni bilarmidingiz?

Farzandlarimizni o‘zimiz yolg‘onchi qilib tarbiyalayotganimizni bilasizmi?! Qanday qilib deysizmi? Mana ko‘ring:

Ushbu voqyealar ota-onalarning o‘zi bilmagan holda bolalariga yolg‘on gapirishni o‘rgatib qo‘yishini ko‘rsatib beradi. Bu xatolar esa bolalarga kelajakda muammolar keltirib chiqaradi!

HAYOTIY VOQYEALARGA NAZAR SOLAMIZ:

BOLA AYBDOR EMAS

Katta farzandim 2,5 yosh bo‘lganida men akvariumga kimdir termometr tushirib yuborganini ko‘rdim. Uni o‘g‘lim qilgani aniq edi. Men undan so‘radim: «Termometrni sen tushirib yubordingmi?». «Yo‘q», – deya javob berdi u. Yuzidan aldayotgani bilinib turardi. «Nima qilib qo‘yding?», – deb qayta so‘radim men. «Men shunchaki tekshirmoqchiydim», – deb javob berdi u.

U aldadimi? YO‘Q, shunchaki u vaziyatni boshqa ko‘z bilan ko‘rdi. U akvariumda nimanidir tekshirayotgan vaqtda termometr ichiga tushib ketgan. Muammo barataraf bo‘lishi uchun akvariumga tegish kerakmasligini muhokama qilish yetarli edi.

Ahir shu vaqtda uni yolg‘onchilikda ayblab urishishimiz mumkin edi-ku, to‘g‘rimasmi.

Agar bola fantaziyasini ishga solib, qandaydir voqyealar o‘ylab topsa bu uning bolalik onlari uchun odatiy hol. Bu yolg‘on emas, fantaziya. Agar bola qandaydir foyda olish uchun yoki jazodan qochish uchun yolg‘on gapirsa, bu narsa ota-onani ogoh bo‘lishga chorlaydi.

YOLG‘ON TUHMAT

5 yoshli bolaning otasi uyda o‘zining qayirma pichog‘ini qidira turib, o‘g‘lini pichoqni olganlikda aybladi.

O‘g‘il ko‘z yosh bilan hech narsada aybdor emasligini aytdi. Ota ishonmadi va o‘g‘liga jazo berib, uni kinoga olib bormadi.

Bir necha kun o‘tgach ota pichog‘ini topdi, ammo o‘g‘lining oldida kechirim so‘rab o‘tirmadi. To‘g‘rida, bolasining oldida obro‘sini "to‘kkisi” kelmagan...

Bola rost gapirganida uning gapiga hech kim ishonmadi. Ota-ona bilan doim rostgo‘y bo‘lishning nima keragi bor? Barbir jazolanadi-ku. Shu sababli keyin bola tasodifan nimanidir sindirib qo‘yib, hech narsa bo‘lmaganday ish tutadi va qilgan ishini ham yashiradi.

Bola rostini aytsa otasi jazolaydi, hunuk so‘zlar aytib, uni haqoratlaydi. Shu sababli bola aldashni joiz deb topadi.

 «ONANGGA HYECH NARSA AYTMAY QO‘YAVERAMIZ»

7 yoshli qizaloqning shokoladga allergiyasi bor. Ammo...

....Ammo uning «mehribon» buvijonisi bor va u doimiy ravishda nabirasiga shokolad berib, "Onangga hech narsa aytmaymiz, bu ikkimizning sirimiz bo‘lib qoladi!” deya ogohlantiradi.

Bunday sirlar nabira va buvi o‘rtasida juda ko‘p bo‘ladi, ona esa bolani allergiyadan davolashda davom etaveradi...

Lekin qizaloq kundaligidan yomon olgan baholari sahifalarini yirtishni boshlaganida buvi bolalarning yolg‘onchiligidan nolishni boshlaydi, vaholanki yolg‘on gapirishga uning o‘zi o‘rgatganini hayoliga ham keltirmaydi.

Shu sababli yaxshisi bolaga har qanday holatda rostgo‘y bo‘lishni o‘rgataylik, ularni rost gap uchun jazolamaylik, shundagina uning sizdan siri va yolg‘oni bo‘lmaydi!!!

ANA SHUNDAY XATOLAR QILIB QO‘YAYOTGANINGIZNI SIZ HAM PAYQAGANMISIZ?


Категория: Har-Hil | Просмотров:1614 | Добавил: Admin | Теги: Farzandlarimizni o‘zimiz yolg‘onchi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2016  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930