• Xavfli Cho'qqi - O'zbek Tilida
  • Qora Niqob - O'zbek Tilida
  • Sukunat Azobi - O'zbek Tilida
  • Mellori - O'zbek Tilida
  • Vulqon - O'zbek Tilida
  • Viking Bo'ri - O'zbek Tilida
  • Qora Belbog' - O'zbek Tilida
  • Lochin Ovi - O'zbek Tilida
  • Bunraku - O'zbek Tilida
  • G'aroyib Samuraylar - O'zbek Tilida
  • Vahshiylar - O'zbek Tilida
  • Tuman - O'zbek Tilida
  • Qonli Olmos - O'zbek Tilida
  • Ko'cha Jangchisi - O'zbek Tilida
  • Katta Aka - O'zbek Tilida
  • O'tmishning Arvohlari - O'zbek Tilida
  • Halokat - O'zbek Tilida
  • Ilonlar Hujumi - O'zbek Tilida
  • Ajdarho Yo'li - O'zbek Tilida
  • Qor Bo'roni - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 368
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 37
Гостей: 37
Пользователи 0

Шохида
Admin555555
Admin55555
Dagees
arzuwjan05
Vaziyatga12345
logiskylogina
Shaxijon_2001
Samuray192919
Arsenbek
Главная » 2023 » Fevral » 7 » Eron AQSH va Isroilga javoban yerosti bazasini ochdi
22:58
Eron AQSH va Isroilga javoban yerosti bazasini ochdi

Eron armiyasi AQSH va Isroilning qo‘shma mashg‘ulotlariga javoban o‘zining havodagi harbiy imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yirik yerosti bazasini ochdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Eron davlat televideniyesi 7-fevral kuni Eagle 44 bazasidagi turli xil qiruvchi samolyotlar va harbiy uchuvchisiz samolyotlarni namoyish qildi. Mazkur bazaning qayerda joylashgani haqida ma’lumot oshkor qilinmagan.

Ta’kidlanishicha, baza AQSHning strategik bombardimonchi samolyotlaridan tashlab yuborilgan o‘q-dorilardan himoyalanish uchun tog‘larda joylashgan. Bazaning ochilishida oliy martabali harbiy amaldorlar ishtirok etgan. Yopiq majmua AQSH va Isroil minglab askar va o‘nlab samolyotlar, dengiz kemalari va artilleriya tizimlarini qamrab olgan tarixdagi eng yirik qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazganidan ikki hafta o‘tmasdan ochildi.

Bu qo‘shma mashg‘ulotlar, o‘z navbatida, Eron o‘zining harbiy tayyorgarligini ko‘rsatish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazganidan bir necha kun o‘tib boshlangan.

"Ehtimol, ular Eronning harbiy mashg‘ulotini noto‘g‘ri tushungandir. Endi Eron ularga ogohlantirish sifatida tog‘lardagi shovqin ovozini yubormoqda”, — deydi davlat televideniyesi muxbiri.

Eron armiyasi baza ochilishida uzoq masofaga uchadigan "Asef” qanotli raketasini namoyish qildi.

Oxirgi oylarda Tehron va Moskva ikki tomonlama munosabatlarni tez sur’atlar bilan kengaytirayotgani sababli, Eron Rossiyadan yaqinda ilg‘or Su-35 qiruvchi samolyotlarini olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Eron harbiy amaldorlari samolyotga qiziqish bildirgan, ammo yetkazib berish qachon amalga oshirilishi haqida izoh bermagan.

Eron armiyasi bosh qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy yerosti bazasida yangi qiruvchi samolyotlar joylashtirilishini aytdi va boshqa ma’lumotlarni ochiqlamadi.

Eron harbiy shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriyning qo‘shimcha qilishicha, agar mintaqadagi biron bir davlat Isroil tomonidan Eron hududiga hujum qilsa, "u Isroilga bilan birga kuchli hujumga uchraydi”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:90 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728