• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 17 » Eng yosh vazir o‘rinbosari yangi loyihani e'lon qildi
20:32
Eng yosh vazir o‘rinbosari yangi loyihani e'lon qildi

Xabaringiz bor, 2 iyul kuni Toshkent shahridagi "Result” o‘quv markazi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sa'dullayev Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
 
Prezident tomonidan 23 yoshida Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa'dullayev Facebook’dagi sahifasida o‘z tashabbusi bilan boshlanayotgan yangi loyiha haqida xabar berdi."Muhtaram Prezidentimiz e'tirof etganlaridek, yaqindagina tashkil etilgan Xalqaro Press-klub shaffoflik va muloqot o‘rnatish orqali davlatimiz rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.
 
Ushbu klub faoliyatidan ilhomlanib, mening tashabbusim bilan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Yoshlar ittifoqi hamda "Yoshlar" telekanali bilan hamkorlikda yangi loyiha ish boshlaydi.
 
Loyiha O‘zbekiston ilm-fan, sport, san'at va madaniyatiga oid eng ilg‘or g‘oyalarni ommaviy uzatish va tinglashga imkon beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
 
Oddiy dehqondan tortib vazirgacha bo‘lgan xohlovchilar "Yoshlar" telekanalida taqdimot qilishlari orqali o‘zining ibratli g‘oyalari, tajribasi va hikoyalarini omma bilan baham ko‘ra oladi. Misollar: poyabzal ishlab chiqaruvchisining biznes faoliyati; o‘qituvchi o‘zi ishlab chiqqan, rusiyzabonlarga o‘zbek tilini o‘rganishlari bo‘yicha qo‘llanmasining taqdimoti; shahar hokimining o‘z faoliyati davomida duch kelgan ibratli, barchani larzaga soladigan hikoyasi; ilmiy xodimning ixtirosi; o‘lim bilan olishib, tirik qolgan bemorning tashakkuri; talabaning "Start up" g‘oyasi; o‘t o‘chiruvchisining oilasi va hayoti; doimo kulib yuradigan bog‘bon maslahatlari; jurnalistning jasorat hikoyasi; O‘zbekistonda ekstremal sport va boshqalar.
 
Loyihaning maqsadlari: fikrlar va g‘oyalarni bir joyga jamlab, ovoza qilish, ularning bazasini yaratish; ijtimoiy birdamlik hamda faollikni kuchaytirish; hamfikr insonlarga bir-birlarini topib, aloqa o‘rnatishlarida yordam berish va bu orqali g‘oya egalarini, ayniqsa, yoshlarni ruhlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
 
Loyihaning xalqaro muqobili – TED (www.ted.com) platformasidan farqi shundaki, uning asosiy faoliyati internet emas, balki televideniye kanali orqali olib boriladi va bu bilan keng omma qamrovi ta'minlanadi.
 
Biz hozirda jamoamiz bilan loyihaning tartibi, nizomi hamda ishtirokchilar/taqdimotchilar uchun standard ko‘rsatmalarni ishlab chiqmoqdamiz. Milliy qadriyatlarimizni, O‘zbekiston shart-sharoitlarini e'tiborga olgan holda ushbu loyiha bo‘yicha har qanday fikrlaringizni kutib qolamiz. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: "Kuch – birlikda". Kelinglar, birgalashib ushbu loyihani amalga oshiraylik!", deb yozadi vazir o‘rinbosari o‘z sahifasida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1697 | Добавил: Admin | Теги: Eng yosh vazir o‘rinbosari yangi lo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31