• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1776
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 30
Гостей: 30
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Fevral » 28 » “Endi barcha gollarimni unga bag‘ishlayman” — “Manchester Yunayted” yangi hujumchisidan kichik hikoya
21:29
“Endi barcha gollarimni unga bag‘ishlayman” — “Manchester Yunayted” yangi hujumchisidan kichik hikoya

Manchesterga kelgan ilk kunlaridayoq Odion Igalo "Manchester Yunayted”ga o‘tishni butun umr orzu qilganini, biroq bu kunlarni uning katta opasi Meri ko‘rmaganidan qattiq afsusda ekanligini ta’kidladi.

Odionning opasi Meri 2019-yil dekabrida 43 yoshida vafot etdi. Nigeriyalik hujumchi kelajakda uradigan barcha gollarini o‘zi uchun onasidek bo‘lgan opasiga bag‘ishlashini aytdi.

"Hissiyotlar hali ham meni tark etgani yo‘q. Boisi opam meni bir umrga tark etganini hali ham tushunib yetmadim. Endi uni hech qachon ko‘rmayman.

Uyda yolg‘iz qolgan vaqtlarimda uni yodga olaman, yuragimda o‘zgacha og‘riq paydo bo‘ladi. Egizagim Axera qo‘ng‘iroq qilib, Meri unga yetishmayotganligini aytadi. Ba’zan yolg‘izlikda yig‘lab ham olaman. Bu o‘ta og‘ir yo‘qotish, biroq erkak kishi sifatida kuchli bo‘lib qolishga harakat qilaman.

Meri bolalarini maktabga tayyorlab turgan vaqtda to‘satdan yuragi xuruj berib qoladi. Bu juda og‘riqli holat edi. U hushidan ketib bo‘lgandi. Bolalar tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilguniga qadar u hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar kelib uni jonlantirishga harakat qilib ko‘rguncha u vafot etgandi.

Meri katta opamiz bo‘lishiga qaramay barchamiz uchun onamizdek edi. U "Yunayted”ning ashaddiy ishqibozi edi. Hammamiz "Manchester”ning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘ldik, unga muxlislik qildik.

Shu kundan e’tiboran faoliyatim yakuniga qadar uradigan barcha golimni Xudo va Meriga bag‘ishlayman. Uning ismini maxsus futbolkam va butsilarimga yozdim. Butun dunyoga u men bilan ekanligini ko‘rsatishni xohlayman. Meri hozir yonimizda bo‘lmasa ham bu orqali mening "Old Trafford”da qanday o‘ynayotganligimni, birgalikda qilgan orzularimizni his qiladi deb umid qilaman”, — deydi Igalo.

Odion "Manchester Yunayted” safidagi debyut golini "Bryugge”ga urdi va uni va’dasiga ko‘ra, opasiga bag‘ishladi. Endi har doim shunday bo‘ladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:636 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829