• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Dekabr » 5 » “E’tirof-2014” mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
16:23
“E’tirof-2014” mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

"E’tirof-2014” taqdirlash marosimi joriy yilning 26-dekabr kuni "Istiqlol” san’at saroyida Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etiladi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san’at markazi "Bizga”ga ma’lum qildi. Markaz press-relizida aytilishicha, "E’tirof-2014” taqdirlash marosimi iqtidorli hamyurtlarimizga umid va o‘z ustilarida yanada ko‘proq mehnat qilishlari uchun turtki beradi. Masorimda keng jamoatchilik tomonidan e‘tirof etilayotgan ijodkorlar, o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va umidli yoshlar taqdirlanishadi.

Taqdirlash marosimi kino, teatr, tasviriy va amaliy san’at, musiqa va vokal, raqs, sport, televideniye, radio kabi sohalar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi va muxlislar ovozlari g‘oliblarni aniqlab beradi. Barcha yo‘nalishlardagi har bir nominant uchun alohida kod ajratilgan bo‘lib, ushbu kodlarni 5742 raqamiga yo‘llash orqali ovoz berish mumkin.

"Yilning eng yaxshi” filmi yo‘nalishida "Qo‘rg‘on” (kodi 101), "Sariq devni minib” (103) va "Geolog” (105), "Yilning eng yaxshi kinoaktyori” yo‘nalishida Matyoqub Matchonov (107), Bobur Yo‘ldoshev (108) va Mirza Azizov (109), "Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” yo‘nalishida Jamila G‘ofurova (111), Shahzoda Matchonova (112) va Asal Shodiyeva (114) da’vogarlik qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi spektakli” yo‘nalishida "Tong otgan tomonlarda” (202),"Tanho qayiq” (203), "Oydin” (204) dramalari, "Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” yo‘nalishida Feruza Xolmirzayeva (206), Lola Eltoyeva (209), Asila Ahmedova (210), "Yilning eng yaxshi teatr aktyori” yo‘nalishida Umirbay Qosimbetov (212), Igor Buxaidze (214) va Anvar Movlyanov (215) da’vogarlik qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi rassomi” yo‘nalishida Muxtarxon Isanov (301), Tohir Karimov (305) va Valeriy Yenin (306), "Yilning eng mohir hunarmandi” yo‘nalishida Jamshid Gaipov (307), Mahfuza Salimova (308), Odilbek Matchonov (309), "Yilning eng mohir haykaltaroshi” yo‘nalishida Joldasbek Kuttimuratov (312), To‘lagan Yorkulov (313) va Azamat Xatamov (314) da’vogarlik qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi baletmeysteri” yo‘nalishida Ravshan Abdullayev (402), Charosoy Jurabayeva (403), Rushana Sultonova (404), "Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi” yo‘nalishida Sehriyo Mirzayeva (407), Shodiyora Omonova (409) va Dilnoza Ortiqova (410) da’vogarlik qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi an’anaviy qo‘shiqlar ijrochisi” yo‘nalishida Nazokat Narziyeva (502), Raxshona Qo‘ziyeva (503), Ilyos Arabov (504),
"Yilning eng yaxshi estrada xonandasi” yo‘nalishida Sardor Mamadaliyev (507), Jahongir Poziljonov (508), Ulug‘bek Rahmatullayev (509), Shohruhxon Yuldashev (510) va Alisher Turdiyev (511), "Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” yo‘nalishida Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova, 512), Shahzoda (Zilola Musayeva, 513), Umidaxon Xo‘jayeva (514), Munisa Rizayeva (515) va Ziyoda Qobulova (516), "Yilning eng faol guruhi, ansambli, orkestri” yo‘nalishida "Davr” (517), "Karavan” (518), "Afruz” (519), "Sharq” (520) va "Durdona” (521), "Yilning eng yaxshi bastakori” yo‘nalishida Musaxon Nurmatov (522), Shuhrat Zokirov (523) va Jamshid Izamov (525) g’oliblik uchun da’vogarlik qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi teleradiojurnalisti” yo‘nalishida Komola Odilova ("Yoshlar” teleradiokanali, 602), Dildora Mardiyeva ("Toshkent” teleradiokanali, 603), Abdulla Mamasodiqov ("Dunyo bo‘ylab” telekanali, 605), "Yilning eng yaxshi teleradioboshlovchisi” yo‘nalishida Shunqor Choriyev ("O‘zbekiston” teleradiokanali, 608), Dilnoza Mamadaliyeva ("Yoshlar” teleradiokanali, 609), Ma’mur Abdiyev ("Sport” teleradiokanali, 611), "Yilning eng yaxshi teleloyihasi” yo‘nalishida "Imkon-shou”dasturi ("Yoshlar” teleradiokanali, 618), "Sayyor kamera” ko‘rsatuvi ("Toshkent” teleradiokanali, 619), "Premyeradan so‘ng” tok-shousi ("Madaniyat va ma’rifat” telekanali, 622), "Yilning eng yaxshi radioloyihasi” yo‘nalishida "Parlament faoliyati” ("O‘zbekiston” teleradiokanali, 623), "Oltin meros” (”Toshkent” teleradiokanali, 624), "Kun tafsiloti” ("Itogi dnya”, O‘zEOAVMA, 627) loyihalari g‘oliblik uchun kurashadi.

"Yilning eng yaxshi sportchisi” yo‘nalishida Begzod Abduraxmonov (701), Vadim Menkov (702) va Svetlana Radzivil (703), "Yilning sport malikasi” yo‘nalishida Jamila Raxmatova (704), Umida Abdullayeva (705) va Tagiyeva Mahliyo (706), "Yilning sport murabbiyi” yo‘nalishida Aleksandr Kim (707), Mars Kuchkarov (708) va  Aleksandr Nedorezov (709) da’vogarlik qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2927 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031