• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 24 » Dunyoda ilk bor go‘dak onadan ikki marotaba tug‘ildi
10:59
Dunyoda ilk bor go‘dak onadan ikki marotaba tug‘ildi

AQSHning Texas shtatida yashovchi Margaret Bomer uchinchi farzandini dunyoga keltirish uchun g‘aroyib jarayonni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi.
 
Gap shundaki, homiladorlikning 16-haftasida bolada dumg‘aza qismida mavjud bo‘lgan bir qator teratoma – o‘simtalari borligi aniqlandi. Agar biror tibbiy chora ko‘rilmasa, homila katta bo‘lgani sari ushbu yiriklashib, dumg‘aza qismidan o‘sib chiqardi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘simtalar homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan eng keng tarqalgan tur ekan. Ushbu o‘simta bolada qon aylanish tizimini buzadi, rivojlanish jarayonining o‘z o‘rnida ketishi va hatto, yurakka ham ta'sir qilishi, go‘dakning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
 
Margaretda esa homiladorlikning 23-haftasida, dunyoga keladigan qizaloqda yurak yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘la boshladi. Shifokorlar orasida Margaretga boladan voz kechishni taklif qilganlar ham bo‘ldi. Biroq ayol buni istamadi.
 
Texasdagi bolalar markazi shifokori, professor Darell Kass esa Margaretga homila ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish taklifini berdi. Albatta, bu juda xavfli jarayon, biroq ona qornidagi homila uchun bu tirik qolishning yagona yo‘li edi.
 
Margaret rozi bo‘lgach, Kass ona va bola ustida 20 daqiqalik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Buning uchun bolaning ma'lum qismi onaning qornidan tashqariga chiqarildi. O‘simta katta bo‘lgani sababli, uni olib tashlash mushkul kechdi. Operatsiya vaqtida qizaloqning yurak urishi juda sekinlashdi. Qon va suyuqlik quyish jarayoni bilan homilani saqlab qolish imkoni ortdi. O‘simta olib tashlangach, bola yana ona qorniga qaytarildi.

Homiladorlikning qolgan 12 haftasini Margaret Bomer to‘shakda o‘tkazdi. Qizaloq qisman kesarcha kesish yo‘li bilan operatsiya qilingani sababli, Margaretni kuchli og‘riqlar qiynadi. Biroq belgilangan muddatdan so‘ng, Margaret LinLi ismli qizaloqni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirdi. 3,5 kilogramm og‘irlikda tug‘ilgan qizaloq yana tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
 
Dumg‘azadan o‘sib chiqishi va yurak faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘simtalar olib tashlangan bo‘lsa-da, LinLida yana bir kichik o‘simta aniqlandi. Qizaloq 8 haftalik bo‘lganida ushbu o‘simta olib tashlandi. LinLi esa onadan ikki marta tug‘ilgan chaqaloq bo‘ldi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2861 | Добавил: Admin | Теги: Дунёда илк бор гўдак онадан икки ма | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31