• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Avgust » 21 » Dunyoda eng uzoq raxbarlik qilgan prezidentlar
17:14
Dunyoda eng uzoq raxbarlik qilgan prezidentlar

Salom aziz tomoshabinlar,   bu galgi rolikda sizlarga   o'z mamlakatida uzoq yillar hokimyat tepasida bo'lgan Prezidentlar haqida aytib o'tamiz.

Birinchi. Fidel Kastro. Ushbu shaxs 1959 yilda Kubadagi davlat to'ntarilishidan so'ng hukumat tepasiga kelgan.U 47 yildan oshiq ya'ni 2008 yilgacha Kuba rahbari sifatida faoliyat yuritgan.Fidel Kastro 2016 yil 25-noyabrda 89 yoshida olamdan o'tgan.

Ikkinchi. Teador Obian Ngema Mbasogo. Ekvatorial Gvineya rahbari bo'lgan bu inson 1979 yilda o'z amakisini hokimyatdan ag'darish orqali hukumat tepasiga kelgan.Hozirda uning ushbu mamlakatda rahbarlik qilayotganiga 40 yil bo'ldi.Bugungi kunda 77 yoshda bo'lgan bu inson o'zining prezidentlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Uchinchi. Joze Eduardu dush Santush.Bu shaxs 1979 yilda Angola davlati rahbarligini qo'liga olgan.U 2017 yil sentyabr oyigacha ya'ni 38 yil ushbu davlat rahbari sifatida ishlagan.Aynan 2017 yil sentyabrida u saylovda mag'lubiyatga uchrab,  prezidentlik lavozimini tark etgan.  

To'rtinchi. Pol Biyyan. Kamerun respublikasining amaldagi rahbari hisoblangan bu inson 1979 yilda hokimyat tepasiga kelgan.Dastlab u bosh vazir sifatida,  1982 yildan esa rasman prezident sifatidagi faoliyatini boshlagan.Hozirgi kunda uni ushbu mamlakatda rahbarlik qilayotganiga 37 yildan oshdi. 

Beshinchi. Muammar Kaddafi. Bu inson dunyo tarixidagi nomi chiqqan diktatorlar qatoriga kiritilgan. U 1969 yilda Liviya davlatining hukumat tepasiga kelgan. Bu inson ushbu mamlakat rahbari sifatida rasman 1977 yildan ish boshlagan. U 2011 yil o'limiga qadar ya'ni 34 yil ushbu mamlakatni boshqargan.

Oltinchi. Yoveri Museveni. Bu inson Afrikadagi Uganda respublikasining prezidenti hisoblanadi. U  Ugandadagi ko'p yillik fuqarolik urushlaridan keyin 1986 yilda davlat rahbarligiga saylangan. Bu inson mana 33 yildan beri ushbu mamlakat rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Yettinchi. Robert Gabriel Mugabe. Zimbabe davlatining sobiq prezidenti bo'lgan bu inson 1987 yilda ushbu mamlakat rahbari sifatida ish boshlagan. U 2017 yil noyabr oyidagi saylovlargacha,  ya'ni 30 yil ushbu davlatni boshqargan.

Sakkizinchi. Nursulton Nazarboyev. Ko'pchilimiz bilgan bu inson 1991 yilda Qozog'iston respublikasi prezidentligiga saylangan. U 28 yildan oshiq vaqt mobaynida ushbu mamlakat rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Shu yil mart oyida esa u o'z hohishi bilan prezidentlik lavozimidan ketdi.

To'qqizinchi. Islom Abdug'aniyevich Karimov. Mustaqil O'zbekistonning birinchi prezidenti sifatida tarixda qolgan bu inson 1990 yilda O'zbekiston rahbari sifatida faoliyatini boshlagan. Islom Karimov 2016 yil sentyabrigacha ya'ni o'limigacha ushbu davlat rahbari lavozimida ishladi.O'zining 26 yillik prezidentlik davrida Islom Karimov O'zbek xalqining haqiqiy yetakchisiga aylangan.

O'ninchi. Emomali Rahmon hamda Aleksandr Lukashenko. Biri Tojikiston ikkinchishi Belarusiya respublikalari prezidenti bo'lgan bu shaxslar bir yilda ya'ni 1994 yilda rasman mamakat rahbari sifatida ish boshlashgan. Ular mana 25 yildan beri o'z davlatlarini prezident sifatida boshqarib kelishmoqda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1243 | Добавил: Admin | Теги: faktlar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031